| Ayubxon Aribdjanovich Kamalov | |
|---|---|
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1971-yil Namangan shahri |
| Millati | oʻzbek |
| Taʼlim | Leningrad qishloq xo‘jaligi instituti, Namangan muhandislik-pedagogika instituti |
Ayubxon Aribdjanovich Kamalov (1971-yil, Namangan shahar, Namangan viloyatida tugʻilgan) – amaldagi Namangan shahar hokimi.
Mehnat faoliyati
Ayubxon Kamalov mehnat faoliyatini 1993-yili Namangan viloyat Istiqbolni belgilash va statistika boshqarmasida boshlagan. 1994−2017-yillar davomida bank-moliya tizimida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. 2017−2019-yillarda u Vazirlar Mahkamasi huzuridagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ijrochi direktori vazifasida faoliyat olib borgan. 2019−2020-yillarda Namangan viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan, so‘ng Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni boshqarish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyati rahbari lavozi mida ishlgan.
Ayubxon Kamalov 2020-yil dekabridan beri Markaziy bank raisining o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan. 2025-yil 29-oktyabrdan Namangan shahar hokimi lavozimiga tayinlandi.
- Hokimlar