Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Obid (arabcha: عابد‎‎ — sajda qiluvchi, sigʻinuvchi; ixlosmand; ruhoniy) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda k

Obid (ism)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Obid
(arabcha: عابد)
Jins erkak
Etimologik maʼnosi sajda qiluvchi, sigʻinuvchi; ixlosmand; ruhoniy
Kelib chiqishi arabcha
Yozuv tizimi arab yozuvi, Lotin alifbosiva Kirill alifbosi
Ota ismi Obid oʻgʻli, Obidovich
Obid qizi, Obidovna
Ayollar uchun shakli Obida
Yasama shakllari Obidjon, Obidxon
Chet tillardagi oʻxshashliklar arabcha: عابد
Bogʻliq maqolalar:
Vikilugʻat logotipi
Vikilugʻatda ushbu soʻzga oid batafsil maʼlumot beruvchi sahifa mavjud:
    obid

Obid (arabcha: عابد — sajda qiluvchi, sigʻinuvchi; ixlosmand; ruhoniy) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.

Taniqli shaxslar

  • Obid Akramxoʻjayev — geolog olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1966), Oʻzbekistonda (1964) va Qoraqalpogʻistonda (1964) xizmat koʻrsatgan fan arbobi, professor, geologiya-mineralogiya fanlari doktori (1959);
  • Obid Asomov — oʻzbekistonlik qiziqchi va aktyor;
  • Obid Hasanov — oʻzbekistonlik aktyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1973);
  • Obid Ismatiy — sovet, tojik va oʻzbek shoiri, dramaturg, folklorshunos, tarjimon va yozuvchi. SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi (1934). Tojik teatrining asoschilaridan biri;
  • Obid Jalilov — oʻzbekistonlik aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1939);
  • Obid Joʻraboyev — oʻzbekistonlik futbolchi;
  • Obid Nazirov — erkin kurash boʻyicha sport ustasi, xizmat koʻrsatgan jismoniy tarbiya va sport xodimi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi;
  • Obid Sodiqov — kimyogar olim, jamoat arbobi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1947). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1960). S. sobiq SSSR Fanlar akademiyasi akademik (1972). Mehnat Qahramoni (1973). Kimyo fanlari doktori (1946), professor (1947);
  • Obid Tolipov — oʻzbekistonlik aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1978);
  • Obid Yunusov — sovet va oʻzbek aktyori;
  • Obidjon Bakirov — rassom, pedagog. Oʻzbekiston xalq rassomi;
  • Obidjon Hamidov — oʻzbekistonlik iqtisodchi olim, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
  • Obidjon Maxmudov — Turkistondagi jadidchilik harakati vakili, yirik sarmoyador, noshir va jamoat arbobi;
  • Obidjon Sayburhonov — oʻzbekistonlik aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1991);
  • Obidjon Usmonov — sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi;
  • Obidxon qori Nazarov — oʻzbekistonlik ulamo.

Familiyalar

  • Obidov
  • Obidova

Yana qarang

Yuqori