- Vikipediyada ismi Obid va familiyasi Yunusov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Obid Yunusov | |
|---|---|
![]() Art-Trio jamoasi tomonidan chizilgan Obid Yunusovning portreti (2014-yil) | |
| Tavalludi | 1934-yil 20-noyabr Toshkent |
| Vafoti | 2015-yil 21-sentyabr |
| Fuqaroligi | |
| Kasbi | teatr aktyori |
| Faoliyat yillari | 1956-2015 |
| Millati | o‘zbek |
| Unvoni | O'zbekiston xalq artisti |
| Otasi | Yunus Rajabiy |
| Mukofotlari | |
Obid Yunusovich Yunusov (1934-yil 20-noyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR — 2015-yil 21-sentyabr, Toshkent, Oʻzbekiston) — sovet va oʻzbek aktyori. Oʻzbekiston xalq artisti.
Biografiyasi
Obid Yunusov 1931-yil 20-noyabr kuni Toshkent shahrida Yunus Rajabiy oilasida tavallud topgan. 1956-yilda Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan.
Hamza nomidagi oʻzbek drama teatri (hozirgi Oʻzbek milliy akademik drama teatri aktyori, uning sahnasida yuzdan ortiq rollarni ijro etgan. Oʻttizdan ortiq badiiy filmlarda rol ijro etgan. Aktyorning teatrdagi eng ko‘zga ko‘ringan roli “Parvona” spektaklidagi Oʻtkuriy obrazi bo‘lsa, kinodagi mashhur roli “To‘ylar muborak” filmidagi kuyov obrazi hisoblanadi.
Aktyor haqida “Armon” nomli hujjatli filmi suratga olingan.
Obid Yunusov 1989-yilda Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti, 1990-yilda Oʻzbekiston xalq artisti faxriy unvoni, 2003-yilda Mehnat shuhrati ordeni bilan taqdirlangan. 2026-yil 28-mayda Buyuk xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlangan.
2015-yil 21-sentyabr kuni Toshkent shahrida vafot etgan.
- Buyuk xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- O‘zbekiston SSR xalq artistlari
- Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureatlari
- 1934-yilda tugʻilganlar
- 20-noyabrda tugʻilganlar
- 21-sentabrda vafot etganlar
- 2015-yilda vafot etganlar
- Dublyaj ustalari
- Oʻzbekistonlik dublyaj ustalari
