Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ibrohimhalil Xabibulla oʻgʻli Yoʻldoshev (2001-yil 14-fevral kuni, Yangiyer shahrida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchisi, Oʻzbekistonning „Neft

Ibrohimhalil Yoʻldoshev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ibrohimhalil Yoʻldoshev
Yoʻldoshev 2025-yil Neftchi tarkibida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ibrohimhalil Xabibulla oʻgʻli Yoʻldoshev
Tavallud sanasi 2001-yil 14-fevral (2001-02-14) (25 yosh)
Tavallud joyi Yangiyer, Oʻzbekiston
Boʻyi 1.72 m (5 ft 7 12 in)
Ampluasi Chap qanot himoyachisi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Neftchi
Raqami 6
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000—2019 Paxtakor-2
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2019—2021 Paxtakor Toshkent 13 (2)
2020   Bunyodkor 21 (1)
2021—2025 Pari NN 50 (3)
2024—2025   Qayrat 17 (1)
2025—h.v. Neftchi 21 (4)
Milliy terma jamoa
2019—2020 Oʻzbekiston U19 8 (0)
2021— Oʻzbekiston U19 6 (0)
2020— Oʻzbekiston 19 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2025-yil 2-sentyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2025-yil 2-sentyabr uchun)

Ibrohimhalil Xabibulla oʻgʻli Yoʻldoshev (2001-yil 14-fevral kuni, Yangiyer shahrida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchisi, Oʻzbekistonning „Neftchi“ klubi himoyachisi hisoblanadi.

Futbolchilik faoliyati

Ibrohimhalil Yoʻldoshev Toshkentning „Paxtakor“ akademiyasida tahsil olgan. 2019-yilda asosiy tarkibga taklif qilingan, Ibrohimhalil Yoʻldoshev Oʻzbekiston chempioni boʻlgan, biroq u bor-yoʻgʻi bitta oʻyin oʻtkazgan. 2020-yilda u „Bunyodkor“ga ijaraga oʻtgan va u yerda bir mavsum oʻtkazib, 21 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol muallifi boʻlgan. U 2021-yilda „Paxtakor“ga ijaradan qaytgan va u yerda 12 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan va Oʻzbekiston Superkubogi sohibiga aylangan. 2021-yil 26-avgustda u RPLga oʻtgan. Ibrohimhalil Yoʻldoshev Rossiyaning „Nijniy Novgorod“ klubi bilan shartnoma imzolagan va ertasi kuni asosiy tarkibda „Ximki“ga qarshi oʻynagan. 2024-yil yanvar oyida Qozogʻistonning „Qayrat“ klubiga ijaraga berilgan.

Milliy terma jamoa

U 2020-yilning 3-sentabr kuni Tojikistonga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Oʻzbekiston kattalar terma jamoasi safida debyut qilgandi.

Yutuqlari

Paxtakor
Qayrat
Neftchi
Yuqori