Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ilir Meta (1969-yil 24-mart, Chorovoda) – alban siyosatchisi, Albaniyaning sobiq prezidenti. 1999-yildan 2002-yilgacha Albaniya Bosh vaziri. 2002-yildan 2003-yi

Ilir Meta

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ilir Meta
Albaniya Prezidenti
Mansab davri
2017-yil 24-iyuldan  2022-yil 24-iyulgacha
Hukumat boshligʻi Edi Rama
Oʻtmishdoshi Bujar Nishani
Vorisi Bajram Begaj
Albaniya Bosh vaziri
Mansab davri
1999-yil 29-oktyabrdan  2002-yil 29-yanvargacha
Prezident Rexhep Meidani
Oʻtmishdoshi Pandeli Majko
Vorisi Pandeli Majko
Albaniya Parlamenti spikeri
Mansab davri
2013-yil 10-sentyabrdan  24-iyul 2017-yilgacha
Oʻtmishdoshi Jozefina Topalli
Vorisi Valentina Leskaj (v.b.)
Albaniya tashqi ishlar vaziri
Mansab davri
2009-yil 17-sentyabrdan  2010-yil 17-sentyabrgacha
Hukumat boshligʻi Sali Berisha
Oʻtmishdoshi Lulzim Basha
Vorisi Edmond Haxhinasto
Mansab davri
2002-yil 31-iyuldan  2003-yil 18-iyulgacha
Hukumat boshligʻi Fatos Nano
Oʻtmishdoshi Arta Dade
Vorisi Luan Hajdaraga (v.b.)
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1969-yil 24-mart (1969-03-24) (57 yosh)
Skrapar, Albaniya
Siyosiy partiyasi Sotsialist Partiyasi (1990–2004)
en:Socialist Movement for Integration (2004–2017)
mustaqil (2017–present)
Turmush oʻrtogʻi Monika Kryemadhi
Bolalari Bora
Era
Besar

Ilir Meta (1969-yil 24-mart, Chorovoda) – alban siyosatchisi, Albaniyaning sobiq prezidenti. 1999-yildan 2002-yilgacha Albaniya Bosh vaziri. 2002-yildan 2003-yilgacha va 2009-yildan 2010-yilgacha tashqi ishlar vaziri. 2013-yildan Albaniya parlamenti spikeri. Chap va oʻng hukumatlarda Bosh vazir oʻrinbosari, iqtisodiyot, savdo, energetika vaziri lavozimlarida ishlagan.

Biografiyasi

Tirana universitetining iqtisod fakultetining siyosiy iqtisod boʻlimini tamomlagan, aspiranturada ham tahsil olgan. Tirana universitetining Iqtisodiyot fakultetida oʻqituvchi boʻlgan. Bir qancha taniqli universitetlar va xorijiy akademiyalarda, jumladan Garvard universiteti, London iqtisodiyot maktabi va Berlindagi Yevropa akademiyasida maʼruzalar oʻqigan.

Albaniya Sotsialistik partiyasi (PS) aʼzosi sifatida Meta 1999-yildan 2002-yilgacha bosh vazir lavozimida ishlagan. Keyinchalik 2004-yilda Integratsiya uchun sotsialistik harakatga (LSI) asos solgan va partiyani boshqarishda davom etmoqda. 2009-yildan 2013-yilgacha LSI Demokratik partiya bilan hukumat koalitsiyasining aʼzosi boʻlgan.

2013-yilgi parlament saylovlaridan soʻng Ilir Meta 2013 yil 10 sentyabrda parlament spikeri etib saylandi. 2017-yil 28-aprelda Albaniya prezidenti etib saylandi. Uning nomzodi uchun 140 deputatdan 87 nafari ovoz berdi.

Anvar Xoʻja davridagi qatagʻonlarni qoralagan.

2021-yil 9-iyun kuni parlament prezidentga ishonchsizlik votumini eʼlon qildi. 104 nafari „maʼqul“, 7 nafari „qarshi“, 3 nafari „betaraf“ ovoz berdi. Yakuniy qaror Konstitutsiyaviy sud tomonidan uch oy ichida qabul qilinadi. Meta avvalroq impichment boʻyicha tergov qoʻmitasiga kelishdan bosh tortib, „konstitutsiyaga zid va noqonuniy institutdan kelgan har qanday soʻrovni eʼtiborsiz qoldirishini“ aytgandi.

Ilir Meta alban, ingliz va italyan tillarida gapiradi. Monika Kruemazi bilan turmush qurgan. Ularning Bora, Era va Besar ismli ikki qizi va bir oʻgʻli bor. 2017-yilda Albaniya prezidenti etib saylangan. 2017-yil 24-iyulda lavozimga kirishdi.

Yuqori