| shahar | |
| | |
| 38°30′39″N 68°13′49″E / 38.51083°N 68.23028°E | |
| Mamlakat | Tojikiston |
| {{{mintaqa_turi}}} | Respublikaga boʻysunuvchi tumanlar |
| {{{tuman_turi}}} | Tursunzoda tumani |
| Hukumat | |
| Ilk eslatilishi | XIV |
| Avvalgi nomlari | Regar 1978-yilgacha |
| Qachondan beri shahar | 1954 |
| Rasmiy til(lar)i | Tojik tili|tojikcha |
| Aholisi (2013) | 50 000 |
| Milliy tarkib | tojiklar, oʻzbeklar |
| Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
| Telefon kodi | +992 3130 |
| Pochta indeks(lar)i | 737450 |
| Avtomobil kodi | 07РТ |
| | |

Tursunzoda (tojikcha: Турсунзода) (1978-yilgacha Regar) — Tojikiston Respublikasidagi shahar (1952-yildan). Tursunzoda tumanining maʼmuriy markazi. Tojik shoiri Mirzo Tursunzoda nomiga qoʻyilgan. Respublikaning janubida, Hisor vodiysining gʻarbiy qismida. Dushanbe shahridan 57 km gʻarbda joylashgan. Dushanbe — Termiz temir yoʻldagi (Regar) stansiya. Aholisi 50 ming kishi (2013).
Sanoati
Tursunzodada rangli metallurgiya (1980-yillarda alyuminiy zavodi qurilgan), chinni zavodi, oziq-ovqat, yengil sanoat (paxta tozalash zavodi), qurilish materiallari sanoatlari mavjud.
Ijtimoiy soha
10 ga yaqin umumiy taʼlim maktabi, internat maktabi, sport, musiqa maktablari, kutubxona, madaniy muassasalar, madaniyat va istirohat bogʻi, stadion, kasalxona va boshqa tibbiyot muassasalari mavjud. 1981-yilda Mirzo Tursunzodaga haykal oʻrnatilgan. Shahar chetida Xoʻja Naqshron maqbarasi (X—XI asrlar) meʼmoriy yodgorligi saqlangan.
- Tojikiston shaharlari
- Tojikiston geografiyasiga oid chala maqolalar