- Vikipediyada ismi Hilola va familiyasi Umarova boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Hilola Umarova | |
|---|---|
![]() | |
| Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri | |
| Mansab davri 2022-yil 30-dekabr – 2025-yil 14-iyul | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Lavozim yangi joriy etilgan |
| Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari | |
| Mansab davri 2025-yil 14-iyuldan – hozirgacha | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1988-yil 9-avgust Germaniyaning Veymar shahri |
| Mukofotlari | |
Hilola Umarova Oʻktamovna (1988-yil, Veymar, Germaniya Demokratik Respublikasi) – 2020-yildan Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori lavozimida ishlab kelgan. 2022-yil 30-dekabrda maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlangan va 2025-yil 31-iyul kuni lavozimidan ozod etilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan.
Mutaxassisligi – tashqi iqtisodiy faoliyat. Oʻzbek, rus, ingliz tillarini mukammal biladi.
Tarjimai holi
Umarova Xilola Uktamovna 1988-yili Olmoniyaning Vaymer shahrida tugʻilgan. Millati oʻzbek, maʼlumoti oliy. 2010-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2013-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyati
Mehnat faoliyatini 2014-yilda Toshkent shahridagi Inha universiteti hujjat taʼminoti va nazorati guruhi 1-toifali mutaxassisligidan boshlagan.
- 2016—2018 – Toshkent shahridagi Inha universiteti hamkorlikni rivojlantirish va homiylarni jalb etish boʻlimi yetakchi mutaxassisi.
- 2018 – Toshkent shahridagi Inha universiteti xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari.
- 2018 – Toshkent shahridagi Inha universiteti xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi.
- 2018 – Oʻzbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi tadqiqotchisi.
- 2018—2020 – Toshkent shahridagi Inha universitetining faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha bosh menejeri.
- 2020—2022 – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori.
- 2022-yil 30-dekabrdan 2025-yil 14-iyulgacha Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri.
- 2025-yil 14-iyuldan – 2026-1-fevralgacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
- 2026-yil 17-fevraldan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining pedagogik taʼlimni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari va Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori etib tayinlandi.
- 9-avgustda tugʻilganlar
- 1988-yilda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston belgisi nishoni sohiblari
- Oʻzbekiston yetakchilari
- Yashayotgan insonlar
- Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchilari
