- Vikipediyada ismi Mirza va familiyasi Ahmedov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Mirza Saidovich Ahmedov | |
|---|---|
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1900-yil Хо‘jand |
| Vafoti | 1967-yil 14-yanvar Тoshkent, O‘zbekiston SSR, SSSR |
| Siyosiy partiyasi | KPSS |
| Mukofotlari | |
Mirza Saidovich Ahmedov — Sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi.
Biografiyasi
Mirza Saidovich Ahmedov 1900-yilda Xoʻjandda (Tojikiston Respublikasi) tugʻilgan. 1928-yildan KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hisoblangan.
Ahmedov 1918-yildan boshlab mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan, 1918-1956-yillarda — Oʻrta Osiyoda Oktabr inqilobi ishtirokchisi, Xoʻjand inqilobiy qoʻmitasi aʼzosi, Xoʻjand okrug ijroiya qoʻmitasi boʻlim mudiri, Andijon paxtani qayta ishlash zavodi direktori, Gʻallaorol tuman partiya komiteti kotibi, Sirdaryo tuman partiya qoʻmitasi kotibi, Oʻzbekiston SSR sovxozlari xalq komissari (1943—1946-yillarda), sovxoz direktori lavozimlarida mehnat qilgan.
Shuningdek, Mirza Saidovich SSSR Oliy Kengashining 3-chaqiriq deputati etib saylangan.
Taniqli iqtisodchi, davlat va siyosat arbobi Mirza Ahmedov 1967-yilda Toshkentda vafot etgan.
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Lenin ordeni sohiblari
- Toshkentda vafot etganlar
- 1967-yilda vafot etganlar
- 14-yanvarda vafot etganlar
- Xoʻjandda tugʻilganlar
- 1900-yilda tugʻilganlar