Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Sir Michael Caine (1933-yil 14-martda tugʻilgan) – ingliz aktyori va produseri. Ikkita Oscar, ikkita BAFTA va uch karra Oltin Globus mukofotlari sovrindori. Oʻz

Michael Caine

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Michael Caine

Caine 2012-yilda
Tavalludi
Maurice Joseph Micklewhite Jr.

1933-yil 14-mart (1933-03-14) (93 yosh)
London, Angliya
Fuqaroligi Buyuk Britaniya bayrogʻi Buyuk Britaniya
Kasbi
  • Aktyor
  • produser
  • muallif
Faoliyat yillari 1953—hozirgacha
Bolalari 2
Mukofotlari
  • Oscar (1987, 2000),
  • Oltin globus (1984, 1989, 1999),
  • BAFTA (1984, 2000)
  • Screen Actors Guild Awards (2000)
Veb-sayt michaelcaine.com

Sir Michael Caine (1933-yil 14-martda tugʻilgan) – ingliz aktyori va produseri. Ikkita Oscar, ikkita BAFTA va uch karra Oltin Globus mukofotlari sovrindori. Oʻzining Cockney savdo brendi bilan tanilgan. 60 yildan oshiq karyerasi davomida 130 dan ortiq filmlarda suratga tushgan. Caine Britaniya film sanoatining timsollaridan biri hisoblanadi.

2017-yil fevral oyi holatiga koʻra, u suratga tushgan filmlar dunyo boʻylab $7,8 milliarddan ortiq daromad keltirgan. Box Office Mojo uni eng koʻp pul ishlaydigan yulduzlar roʻyxatida 20-oʻringa joylashtirdi.

Caine Christopher Nolanning „Qora ritsar“ trilogiyasida Alfred, „The Prestige“ (2006), „Muqaddima“ (2010), Interstellar (2014), „Tenet“ (2020), „Kingsman: Maxfiy xizmat“ (2014) va boshqa koʻplab filmlarda rollar ijro etagan.

Caine Jack Nicholson bilan bir birga toʻrtta oʻn yillikda (1970, 1980, 1990, 2000) „Eng yaxshi aktyor“ nominatsiyasi uchun Oscar mukofotiga nomzod boʻlgan ikkita aktyordan biridir. Shuningdek, Nicholson va Laurence Olivier bilan bir qatorda, beshta turli oʻn yilliklar davomida Oscar mukofotiga nomzod boʻlgan uchta aktyordan biri.

Caine Britaniya film instituti tomonidan tanlangan „XX asrning eng buyuk 100 ta filmlari“ dan yettitasida rol ijro etgan. 2000-yilda u BAFTA stipendiyasini oldi va shu yili qirolicha Elizabeth II tomonidan film sanoatiga qoʻshgan hissasi uchun Britaniya imperiyasi ordeni bilan taqdirlandi va unga ritsar unvoni berildi.

Filmografiya

  • A Hill in Korea (1956)
  • Blind Spot (1958)
  • Zulu (1964)
  • The Ipcress File (1965)
  • Alfie (1966)
  • Funeral in Berlin (1966)
  • Billion Dollar Brain (1967)
  • Deadfall (1968)
  • The Magus (1968)
  • The Italian Job (1969)
  • Battle of Britain (1969)
  • Get Carter (1971)
  • Sleuth (1972)
  • The Black Windmill (1974)
  • The Man Who Would Be King (1975)
  • The Eagle Has Landed (1976)
  • A Bridge Too Far (1977)
  • The Swarm (1978)
  • California Suite (1978)
  • The Hand (1981)
  • Escape to Victory (1981)
  • Educating Rita (1983)
  • The Jigsaw Man (1983)
  • Hannah and Her Sisters (1986)
  • Mona Lisa (1986)
  • The Fourth Protocol (1987)
  • Dirty Rotten Scoundrels (1988)
  • The Muppet Christmas Carol (1992)
  • The Cider House Rules (1999)
  • Miss Congeniality (2000)
  • The Quiet American (2002)
  • Austin Powers in Goldmember (2002)
  • Secondhand Lions (2003)
  • Batman Muqaddima (2005)
  • The Prestige (2006)
  • Qora ritsar (2008)
  • Harry Brown (2009)
  • Muqaddima (2010)
  • Mashinalar 2 (2011)
  • Qora ritsar: Afsonaning qaytishi (2012)
  • Mr. Morgan's Last Love (film) (2013)
  • Interstellar (2014)
  • Kingsman: Maxfiy xizmat (2015)
  • Youth (2015)
  • Going in Style (2017)
  • King of Thieves (2018)
  • Tenet (2020)
Yuqori