| Jules Gabriel Verne | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 8-fevral 1828-yil Nantes, Bretan |
| Vafoti | 24-mart 1905-yil (77 yoshda) Amiens, Fransiya |
| Fuqaroligi | Fransiya |
| Otasi | Pierre Verne |
| Onasi | Sophie Allotte de La Fuye |

Jules Gabriel Verne (talaffuzi: Jul Gabriyel Vern; 8-fevral 1828 — 24-mart 1905) Fransiyalik yozuvchi, ilmiy fantastika janri asoschilaridan biri. Uning eng mashhur asarlari sirasiga Suv ostida 80000 kilometr (1870), Yer markaziga sayohat (1864), Dunyo boʻylab sakson kun (1873) romanlari kiradi. U 66 ta sarguzasht romanlar muallifidir. Birinchi asari esa „Havo sharida besh hafta“ deb nomlanadi. Uning koʻpgina mashhur asarlari, jumladan, „Oʻn besh yoshli kapitan“, "Kapitan Grant bolalari", „Klodius Bombarnak“, „Robinzonlar maktabi“, „Muzlar iskanjasida“, "Ostin Ustun", "Antifer tog'aning ajoyib va g'aroyib sarguzashtlari", "Sirli orol", "Suv ostida 80000 kilometr" kabilar oʻzbek tiliga oʻgirilgan. Verne koinot, havo va suvosti sayohatlari haqida ular amalda qoʻllanmasidan avval yozgan. Kitoblari koʻplab tillarga tarjima qilingan, ayrimlari ekranlashtirilgan. Verne Hugo Gernsback va H.G. Wells bilan birga „Ilmiy fantastika otasi“, deb hisoblanadi.
- 8-fevralda tugʻilganlar
- 1828-yilda tugʻilganlar
- 24-martda vafot etganlar
- 1905-yilda vafot etganlar
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- Adiblar
