| Georgi Teymurazovich Margvelashvili | |
|---|---|
| Mansab davri 2013-yil 17-noyabr – 2018-yil 16-dekabrgacha | |
| Oʻtmishdoshi | Mixail Saakashvili |
| Vorisi | Salome Zurabishvili |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1969-yil 4-sentyabr Gurjiston SSR, Tbilisi |
Georgi (Giorgi) Teymurazovich Margvelashvili (gr.Giorgi Teymurazis dze Margvelashvili) — 1969-yil, 4-sentabrda Tbilisida tugʻilgan. Gurjistonlik siyosatchi, sharhlovchi, 2013-yil 17-noyabrdan 2018-yil 16-dekabrgacha Gurjiston Prezidenti boʻlgan.
Biografiyasi

- Giorgi Margvelashvili 1969-yilning 4-sentabrida Tbilisida, partyalik ishchilar oilasida tavallud topgan.
- 1992-yili Tbilisi Davlat Universitetining falsafa va psixologiya fakultetini tugatdi. 1993-1994-yillarda Markaziy Yevropa Universitetida sotsiologiyani oʻrgandi. Falsafa fanlari doktori.
- 1992-1995-yillarda turistik kompaniyaning togʻli turizm boʻlimida menejer asistenti boʻlib ishladi.
- 1994-1995-yillarda Marketing boʻyicha „Biznes Kundaliklar“ kompaniyasida departament boshligʻi lavozimida ishladi.
- 1996-1997-yillarda „Tbilisi Mustaqil Universitetida“ falsafa fani boʻyicha dars berdi.
- 1995-2000-yillarda „Xalqaro munosabatlar milliy demokratik institutida“ mutaxassis (dastur konsultanti) boʻlib ishladi.
- 2000-2012-yillarda „Jamiyat ishlari boʻyicha Gurjiston instituti“ (GIPA)da ishladi, shu jumladan 2000-2006-yillarda va 2010-2012-yillari rektor lavozimida.
- 2010-2012-yillari GIPA Izlanishlari departamenti raisi sifatida faoliyat yuritdi.
Siyosiy karyerasi
2012-yilning oktyabrida Georgi Margvelashvili, Bidzina Ivanishvili hukumatida Gurjiston Taʼlim Vaziri lavozimini egalladi. 2013-yilning 7-fevralida U Gurjiston hukumatining vitse-premyeri etib tayinlandi. 2013-yilning 11-may kuni „Gurjiston Orzusi“ koalitsiyasi Giorgi Margvelashvilini oʻz nomidan 2012-yilning 27-oktabrida boʻlib oʻtadigan Gurjiston Prezidenti saylovlariga uning nomzodini qoʻydi. 2013-yil 16-iyulda Margvelashvili saylovoldi kampaniyada aybdorlikni oldini olish uchun Taʼlim Vaziri vakolatidan isteʼfoga chiqdi. Georgi Margvelashvili falsafa, siyosat, madaniyat va xalqaro munosabatlar haqida qator maqolalar va qoʻllanmalar muallifidir. 2013-yil 27-oktabr kuni Gurjiston Prezidenti saylovlarida gʻalaba qozondi va Gurjiston Respublikasi Prezidenti deb eʼlon qilindi va 17-noyabrdan Prezidentlik lavozimida rasman ish boshladi.
Shaxsiy hayoti
1993-yilda tugʻilgan Ana ismli qizi bor. Soʻngi yillarda Giorgi Margvelashvili rassom Mako Chichuo bilan yashaydi. Gruzin tilidan tashqari Rus va Ingliz tilini mukammal tarzda biladi.
- 4-sentyabrda tugʻilganlar
- 1969-yilda tugʻilganlar
- Tbilisida tugʻilganlar
- Gurjiston Prezidentlari
- Yashayotgan insonlar
- Rektorlar
- Alifbo boʻyicha siyosatchilar
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- Davlat yetakchilari haqidagi chala maqolalar
- Prezidentlar