| tuman | |
|---|---|
| Tarkibida | Turkiston viloyati |
| Maʼmuriy markazi | Abay |
| Asos solingan sanasi | 2018-yil |
| Akim | Yesbayev Aqmentay |
| Rasmiy tillar | qozoq, rus |
| Aholi (2022) | 145 263 |
| Zichligi | 42,1 kishi./km² |
| Millatlar tarkibi | qozoqlar - 92,53 % oʻzbeklar - 5,32 % boshqalari - 2,15 % |
| Dinlar tarkibi | musulmonlar, xristianlar |
| Maydoni | 3451,27 km² |
| Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
| Telefon kodi | +7 72532 |
| Avtomobil raqami kodi | X, 13 |
| Xaritada | |
![]() | |
| 41°15′0″N 68°30′0″E / 41.25000°N 68.50000°E | |
Keles tumani — Turkiston viloyatining janubida joylashgan. Maydoni 3,4 ming km2 (viloyatning 2,6 %). 2018-yil 8-iyunda tashkil topgan. Aholisi 145,263 kishi (2022). Tumanning maʼmuriy markazi — Abay qishlogʻi.
Aholisi
Tuman aholisi 2022-yilgi maʼlumot boʻyicha 145,263 kishini tashkil qildi. Aholisining oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 42,1 kishidan toʻgʻri keladi. Tuman aholisining asosiy qismini qozoqlar tashkil qiladi — 93 % tashkil qiladi, shuningdek oʻzbeklar, ruslar, tojiklar va boshqa millatlar ham istiqomat qilishadi.
Milliy tarkibi
2022-yil 1-yanvar oyidagi statistikaga koʻra tuman aholisi 145 263 kishi tashkil qildi. Tuman aholisining milliy tarkibi quyidagicha:
- Qozoqlar — 134 411 kishi
- Oʻzbeklar — 7 731 kishi
- Turklar — 877 kishi
- Uygʻurlar — 408 kishi
- Ruslar — 299 kishi
- Kurdlar — 277 kishi
- Boshqalar — 1 260 kishi
Maʼmuriy boʻlinishi
| № | Qishloq okruglar | Markazi | Qishloq soni | Kentlar soni | Qishloq okruglar boʻyicha aholi soni |
| 1. | Abay | Abay | 1 | 17 700 | |
| 2. | Aqtoʻbe | Juantoʻbe | 14 | 20 618 | |
| 3. | Alpomish botir | Leninjoʻli | 2 | 4620 | |
| 4. | Boʻzay | Boʻzay | 4 | 2149 | |
| 5. | Birlesu | 28 gvardiyachilar | 4 | 3875 | |
| 6. | Birlik | Birlik | 7 | 5111 | |
| 7. | Birtilek | Shirildaq | 13 | 16 830 | |
| 8. | Jambil | Bekboʻta | 5 | 3229 | |
| 9. | Juzimdi | Juzimdik | 4 | 3493 | |
| 10. | Qoʻchqorota | Olgʻabas | 13 | 15 857 | |
| 11. | Oʻshaqti | Oʻshaqti | 13 | 12 183 | |
| 12. | Ushqin | Ushqin | 3 | 5011 | |
| Barchasi: | 12 | 83 | 110 686 | ||
Iqlimi
Iqlimi keskin kontinental, qishi iliq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining yillik oʻrtacha harorati −3-9 °C, iyulda 24°-26 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori gʻarbiy qismida 450 mm, sharqiy qismida 650 mm.
- Qozogʻiston tumanlari
