Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Frankfurt-Mayn (nemischa: Frankfurt am Main) — Germaniyadagi shahar, Gessen yerida. Aholisi 644,7 ming kishi (1999). Transport yoʻllari chorrahasi. Mayn daryosi

Frankfurt Mayn

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)

Frankfurt-Mayn (nemischa: Frankfurt am Main) — Germaniyadagi shahar, Gessen yerida. Aholisi 644,7 ming kishi (1999). Transport yoʻllari chorrahasi. Mayn daryosi boʻyidagi port. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. GFRning yirik moliyaviy, muhim savdo, sanoat va madaniyat markazi. Mashinasozlik (xususan, stanoksozlik, elektrotexnika, avtomobilsozlik, priborsozlik), rangli metallurgiya, kimyo va neft kimyosi, poligrafiya, tikuvchilik, koʻnpoyabzal, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Zargarlik buyumlari ishlab chiqariladi. Metropoliten bor. Atrofidagi shaharlar bilan yagona sanoat rnini tashkil qiladi. Gyote nomidagi universitet (1914), atom tadqiqotlari va boshqa ilmiy tadqiqot institutlari, Nafis sanʼat akademiyasi, badiiy institut va boshqa bor. Shahar galereyasi, Gyote uymuzeyi, badiiy hunarmandchilik va boshqa muzeylar faoliyat koʻrsatadi. Shahar ilk bor VIII asr manbalarida tilga olingan. Franklar, germanlar va rimliklar ixtiyorida boʻlgan. 1866-yildan Prussiya tarkibida, XIX asrdan Germaniyaning yirik sanoat markazi. Meʼmoriy yodgorliklaridan Zaalxof saroyi — knyaz qarorgohi (XII asr), SanktBartolomeus sobori, ratusha va boshqa saqlangan.




Yuqori