Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

1) elektr 3 — elektromagnit maydon manbai; zaryadlangan zarralarning oʻzaro elektromagnit taʼsirlashuvi intensivligini ifodalaydigan fizik kattalik. Bir xil ish

Elektr zaryadi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)

Zaryad:

1) elektr 3 — elektromagnit maydon manbai; zaryadlangan zarralarning oʻzaro elektromagnit taʼsirlashuvi intensivligini ifodalaydigan fizik kattalik. Bir xil ishorali zaryadlar birbiridan itariladi, har xil ishorali zaryadlar esa birbiriga tortiladi (qarang Kulon qonuni). Elektronlar, pozitronlar, protonlar, zaryadli mezonlar va boshqalar elementar zarralar hamda atom yadrosi eng kichik musbat yoki manfiy elektr zaryadga ega. Elektr 3, odatda, elektrostatik birliklar (SGSE) yoki kulonlar bilan oʻlchanadi. Eng kichik elementar elektr 3. ye = (4,80298 ± 0,000201) • 10 |0 SGSE birlikka teng. Elementar elektr zaryadni birinchi marta 1911-yilda R. E. Milliken aniq oʻlchagan;

2) portlovchi modda zaryadi — maxsus kamera (shurp, quduq va boshqalar) ga joylashtirilgan, vazni va oʻrnatiladigan joyi oldindan hisoblangan hamda portlatishga tayyorlangan portlovchi modda;

3) uloqtiriladigan porox zaryadi — oʻq otar qurol stvoli kanalida snaryad (mina, oʻq)ni harakatga keltirish va kerakli tezlikda otish uchun zarur boʻlgan, gilza yoki alohida qopchiklar (kartuzlar)ga joylashtirilgan maʼlum miqdordagi porox;

4) qattiq raketa yoqilgʻisi zaryadi — dvigatel kamerasiga joylashtirilgan va yonganda raketani harakatlantiruvchi reaktiv kuch hosil qiladigan bir yoki bir necha qattiq yoqilgʻi bloki (shashkasi).

Yuqori