Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

„Anhor“ („Anhor boʻyida“ deb ham nomlanadi) — „Bojalar“ oʻzbek musiqiy guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruh repertuaridagi eng keng tanilgan taronalarning biri. Qoʻ

Anhor (qoʻshiq)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
„Anhor“
„Bojalar“ qoʻshigʻi
Janr pop musiqa
Davomiyligi 3:53
Qoʻshiq muallif(lar)i „Radius 21“
Bastakor(lar) Radius 21
Klipi
„Anhor“ YouTubeda

Anhor“ („Anhor boʻyida“ deb ham nomlanadi) — „Bojalar“ oʻzbek musiqiy guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruh repertuaridagi eng keng tanilgan taronalarning biri. Qoʻshiq matnini ham, kuyini ham oʻzbek reperi „Radius 21“ (haqiqiy ismi Shahzod Gʻulomov) yozgan.

„Bojalar“ guruhining boshqa aksar qoʻshigʻi kabi, „Anhor“ ham hazil sheʼrga bastalangan. Qoʻshiq guruh aʼzosi Moʻmin Oripov vafot etishidan oldin yozib olingan taronalarning biridir. Qoʻshiqning remiksi guruhning 2015-yil eʼlon qilingan „Buxoro“ nomli terma albomiga kiritilgan.

Qoʻshiq uchun guruh aʼzolari Jahongir Poziljonov hamda Oripov ishtirokida qishloq manzaralari aks etgan klip suratga olingan. Klip 2013-yil YouTubega yuklanganidan keyin 2022-yil avgustiga qadar 11 million martadan oshiq koʻrilgan.

2019-yil „Bojalar“ guruhi qoʻshiqni yangi talqinda kuylagan. Botir Aliyev aranjirovka qilgan yangi versiya uchun klip suratga olingan.

Yuqori