- Vikipediyada ismi Rustam va familiyasi Abdushukurov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Rustam Abdushukurov |
|---|
Rustam Hakimovich Abdushukurov (1908.22.12, Kattaqoʻrgʻon—1981.21.4, Toshkent) – faylasuf olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, falsafa fanlari doktori (1965), professor (1968). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Toshkent Davlat Universiteti va boshqa oliy oʻquv yurtlari falsafa kafedralarida dotsent (1946-57). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix va arxeologiya (1957—59), Falsafa va huquq (1959-64) institutlarining katta ilmiy xodimi, sektor mudiri (1971-yildan), Falsafa kafedrasining mudiri (1964-71). Ilmiy ishlari milliy masala, madaniyat muam-molariga bagʻishlangan.
Turkumlar::
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari
- 1908-yilda tugʻilganlar
- 1981-yilda vafot etganlar