- Vikipediyada ismi Otabek va familiyasi Hasanov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Otabek Abdurashidovich Xasanov | |
|---|---|
![]() Otabek Xasanov (2022-yil) | |
| Mansab davri 2024-yil 2-fevral – hozirgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Minhojiddin Hojimatov |
| Mansab davri 2020-yil – 2024-yil 2-fevral | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1985-yil 9-mart Toshkent viloyati Olmaliq shahri |
| Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
| Millati | oʻzbek |
| Dini | islom |
| Ilmiy unvoni | Siyosiy fanlar doktori (DSc) |
| Mukofotlari | |
Otabek Abdurashidovich Hasanov (1985-yil 9-martda tugʻilgan) — oʻzbek siyosatchisi, siyosiy fanlar doktori (DSc). Oʻzbekiston davlat arbobi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori birinchi oʻrinbosari. Ayni vaqtda agentlik direktorining birinchi oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosariga tenglashtiriladi. 2024-yil 2-fevralda „Oʻzbekiston Respublikasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi“ rahbari etib tayinlangan.
Biografiya
Otabek Xasanov 1985-yil 9-martda Toshkent viloyati Olmaliq shahrida tugʻilgan.
Taʼlim
Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi siyosatshunoslik, davlat boshqaruvi, menejment. 2006-yilda Oʻzbekiston milliy universitetini bakalavr bosqichini tamomlagan. 2008-yilda Oʻzbekiston milliy universitetini magistraturasini, 2013-yilda Prezident huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyati
Otabek Xasanov mehnat faoliyatini 2006-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Mintaqaviy siyosat jamgʻarmasi bosh eksperti sifatida boshlagan. Mazkur lavozimda 2010-yilga qadar ishlagan. 2009—2011-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor yordamchisi, 2011—2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi „Xorijiy davlatlar siyosiy tizimi va xalqaro iqtisodiy aloqalar“ kafedrasi kabinet mudiri va assistent oʻqituvchisi, 2013—2017-yillarda Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori, 2017—2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi boshqaruvi akademiyasi „Boshqaruv kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash“ fakulteti dekani, 2019—2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish departamenti mudiri lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2020-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari
Kitoblari
2020-yilda Otabek Xasanov muallifligidagi „Liderlar kitobi“ nashr etilgan.
Mukofotlari
2021-yilda „Sodiq xizmatlari uchun“ medali bilan mukofotlangan.
Ilmiy ishlari va maqolalari
Otabek Xasanov quyidagi ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi:
- Realizatsiya programmi sokrasheniya bednosti v utverjdenii prinsipov sotsialnoy spravedlivosti.
- Sistema raboti „maxallabay“ kak effektivniy mexanizm dialoga s narodom i raboti s naseleniem.
- Davlat xizmatchilarini tayyorlashning yangi maktabi.
- 9-martda tugʻilganlar
- 1985-yilda tugʻilganlar
- Sodiq xizmatlari uchun medali sohiblari


