- Vikipediyada ismi Jahongir va familiyasi Poziljonov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Jahongir Poziljonov | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 1978-yil 4-mart Toshkent, OʻzSSR |
| Fuqaroligi | |
| Taʼlimi | Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti |
| Kasbi | Xonanda, aktyor, rejissyor, ssenariynavis |
| Turmush oʻrtogʻi | Dildora Poziljonova |
| Bolalari | Gʻayratjon, Moʻmin, Rayhon... |
| Otasi | G‘ayratjon |
| Onasi | Mapuraxon aya |
| Mukofotlari | |
Jahongir Poziljonov Gʻayratovich (1978-yil 4-mart, Toshkent, OʻzSSR) — oʻzbek xonandasi, aktyori, rejissyori, ssenariynavisi. „Bojalar“ guruhining solisti. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist unvoni sohibi.
Hayoti
Jahongir Poziljonov 1978-yil 4-martda Toshkent shahrida oshpazlar oilasida tavallud topgan. Otasi G‘ayratjon oshpaz boʻlib, davlat tadbirlarida katta qozonlarda ham osh qilgan. Yoshligida u otasi bilan toʻylarga borib, unga yordamlashib yurgan. U shoʻxligi sababli oʻrta maktabda oʻqib yurganida 5-6 marta militsiyaga olib borishgan, maktabdan haydash haqida ogohlantirishgan. Bundan tashqari u 14 yoshidan mustaqil pul topishgan intilgan. 1992-yildga kelib otasining maslahati bilan oshpazlik kollejiga oʻqishga kirgan. Bu orada u „Quvnoqlar va zukkolar“ga qatnashib yurib, shu orqali Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti talabasi Moʻmin Oripov bilan tanishib qolgan va u ham shu institutga oʻqishga kirgan. Ijodiy imtihonlarga tayyorgarlik koʻrishda esa Moʻmin Oripov yordam bergan. Insititutda Shuhrat Abbosov qoʻlida rejissyorlik mutaxassisligi boʻyicha tahsil olgan. Tohir Sodiqov bilan tanishishi uni hayotida katta burilish yasagan. Ilk qoʻshigʻi uchun akasi sarmoya kiritgan.
Bundan tashqari u Jahongir Ortiqxo‘jayevning „Akfa-media“ prodyuserlik kompaniyasi bilan 8 yil hamkorlikda ijod qilgan va unga kompaniya rahbari Toyota Prado avtomobilini sovgʻa qilgan.
Oilasi
Jahongir Poziljonovning otasi G‘ayratjon, onasi Mapuraxon aya 2015-yilda vafot etgan. U „Boyvachcha“ filmini tasvirga olish jarayonida boʻlajak rafiqasi bilan tanishib qoladi. Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi Dildora dugonalari bilan filmda epizod rol oʻynash uchun kelgan boʻladi. Bu juftlik 2008-yilda oila qurishadi va ularning hozirda 5 farzandi, 2 oʻgʻil va 3 qizlari bor. Katta oʻgʻliga Gʻayratjon deb otasining ismini, yana bir oʻgʻliga esa Moʻmin Oripovning ismini qoʻygan. Toʻngʻich qiziga Rayhon deb ism qoʻygan.
Avtohalokat
2009-yilda „Bojalar“ guruhi Termizda konsert dasturini oʻtkazib, ortga qaytish paytida avtohalokatga uchragan. Shu joyning oʻzida Moʻmin Oripov vafot etgan, Jahongir Poziljonov esa oʻgʻir ahvolda shifoxonaga olib borilgan va bir necha kun koma holatida boʻlgan. Oʻziga kelganida ham sogʻligʻini tiklash qiyin kechgan va oyogʻi singanligi uchun ancha paytgacha oqsoqlanib yurgan.
Faoliyati
Xonandalik faoliyati
2014-yilda Botir Aliyev soʻzi va Eldor Qayumov musiqasi bilan kuylagan „Toʻylar muborak“ qoʻshigʻi „Yil qoʻshigʻi – 2014“ mukofotiga loyiq topilgan. U faoliyati davomida koʻplab xonandalar bilan deut kuylagan. Jumladan, Nilufar, Orolmirzo Safarov, Rayhon, Ulugʻbek Rahmatullayev, Shahzoda, Qilichbek Madaliyev va boshqalar.
Uning qoʻshiq va kliplarini ommabop boʻlsada, 2018-yilda Dilafroʻz Hayitmetova bilan ijro qilgan „Mehmonim“ qoʻshigʻi O‘zbekkonsert tomonidan televideniyeda koʻrsatilishiga ruxsat berilmagan. Bundan tashqari u Shavkat Mirziyoyevga atab qoʻshiq ijro qilgan. Bir qancha vaqtdan soʻng bu qoʻshiq boʻyicha O‘zbekkonsert surishtiruv ishlarini boshlagan. „Oʻzbekkonsert“ davlat muassasasi rahbari Odil Abduqahhorov esa quyidagicha fikr bilgirgan:
Ushbu qoʻshiq Zoʻr TV kanali bilan hamkorlikda olingan va keng jamoatchilik noroziligiga sabab boʻldi. Prezidentimiz sanʼatkorlarning reklamasiga muhtoj emas. Davlatimiz rahbarining amaliy ishlari sabab, butun dunyo tan olmoqda. Biz bugun J. Poziljonovga indamasak, ertaga boshqasi ham shunaqa qoʻshiq aytib chiqishi mumkin. Kimgadir yaxshi koʻrinishni istayotganlar xalq uchun xizmat qilib, oʻz ishini mas`uliyat bilan qilsin.
Diskografiyasi
| Yil | Nomi | Shoir | Bastakor/musiqiy sayqalchi | Izoh |
|---|---|---|---|---|
| 2023 | Ey, sanam | |||
| 2021 | Yigʻlama muhabbat | Qilichbek Madaliyev bilan duet | ||
| 2020 | Sevaman de | Rayhon bilan duet | ||
| 2018 | #SelfiMeningPrezidentim | |||
| Mehmonim | Dilafroʻz Hayitmetova bilan duet | |||
| 2017 | Sharmanda | |||
| Aldamagin | Rayhon bilan duet | |||
| Faqat farzandlarim yigʻlatma hayot | Orolmirzo Safarov bilan duet | |||
| 2016 | Chempion | Rio—2016 Olimpiadasida sovrindorlariga bagʻishlangan | ||
| 2015 | Lol boʻlaman | |||
| Maqtanchoq | Shahzoda bilan duet | |||
| 2014 | Toʻylar muborak | Botir Aliyev | Eldor Qayumov | |
| Jamshid | ||||
| Hech kim oʻxshamas senga | Bobur Umarov | Botir Aliyev | ||
| Toʻrtta qizim sogʻinib | ||||
| Yana tantana | Eldor Qayumov | Botir Aliyev | Nilufar bilan duet | |
| Onajonim yozdim xat | Jahongir Poziljonov | Rustam Toʻlashev | ||
| Yoronimey | Nodir Azimov | Iqbol Muhammadjonov musiqasi, Jasur Badalboyev musiqiy sayqali | Ulugʻbek Rahmatullayev bilan duet | |
| Baqaloq | Bobur Umarov |
Filmlardagi faoliyati
Jahongir Poziljonovning ilk roli rejissyor Rustam Saʼdiyevning 2004-yilgi „Muhabbat sinovlari 2“ filmida boʻlgan, lekin koʻpchilik uni „Sevinch“ filmidagi roli bilan tanigan.
| Yil | Nomi | Obraz | Izoh |
|---|---|---|---|
| 2015 | Qizalogʻim | Rejissyor, bosh rol | |
| 2014 | Salom Natasha | Umid | Ssenariynavis, bosh rol |
| 2013 | Ajab boʻlibdi | Jasur | Rejissyor, prodyuser, bosh rol |
| Qudamni koʻrmadingizmi? | |||
| Xazina operatsiyasi | Bosh rol | ||
| Achchiq hayot | Rejissyor, ssenariynavis, bosh rol | ||
| 2012 | Sevaman dedimmi sevaman | Rejissyor | |
| Iltimos, menga qarang! | Abbos | Bosh rol | |
| Aldangan koʻngil | Jafar | ||
| Shu yetmay turuvdi | Jamshid | Bosh rol, prodyuser | |
| Janob qorovul | |||
| Xizmat doirasidan tashqarida | Botir | Bosh rol | |
| 2011 | Vasvasa | ||
| Enagalar | Bosh rol | ||
| Yuzma-yuz | |||
| Ali, Vali, Gʻani yohud Nasiba qani? | Vali | Rejissyor, prodyuser, bosh rol | |
| 2010 | Shomurod va Durdona | Shomurod | Rejissyor, bosh rol |
| Bekorchilar makoni | Rejissyor | ||
| 2009 | Qalbim oʻgʻrisi | Epizod | |
| Qalbaki dunyo | |||
| 2008 | Xavfli burilish | Bosh rol, ssenariynavis | |
| Nortoy | Nortoy | Rejissyor, ssenariynavis, bosh rol | |
| Boyvachcha 2 | Rejissyor, ssenariynavis, bosh rol | ||
| 2007 | Vijdon | Holmat | Bosh rol |
| Panoh | |||
| Notanish | Jamol | Bosh rol | |
| Boyvachcha | Rejissyor, ssenariynavis, bosh rol | ||
| 2004 | Sevinch | Jahongir | |
| Muhabbat sinovlari 2 | Epizod |
- 4-martda tugʻilganlar
- 1978-yilda tugʻilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Xonandalar
- Oʻzbekistonlik qoʻshiqchilar
- Alifbo boʻyicha rejissyorlar
- Oʻzbekistonlik rejissyorlar
- Ssenariychilar
- Alifbo boʻyicha aktyorlar
- Oʻzbekistonlik aktyorlar
- Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar
