| Abat Fayzullayev | |
|---|---|
![]() Abat Fayzullaev 2020-yilda | |
| Mansab davri 2023-yil 26-oktyabrdan – hozirgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Otabek Akbarov |
| Mansab davri 2024-yil dekabr – hozirgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Mansab davri 2025-yil 2-mart – hozirgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | ilk elchi |
| Mansab davri 2020-yil 3-avgust – 2023-yil 25-oktyabr | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Sherzod Asadov |
| Vorisi | Baxtiyor Ibragimov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1982-yil 30-dekabr Nukus |
Abat Fayzullayev – oʻzbek diplomati. Oʻzbekistonning Italiyadagi elchisi. Shuningdek 2024-yil dekabrdan Kipr hamda 2025-yil 2-martdan Oʻzbekistonning Maltadagi birinchi elchisi. Oʻzbekistonning Avstriyadagi elchisi boʻlib ham ishlagan (2020—2023).
Hayoti
1982-yil 30-dekabrda Nukus shahrida tugʻilgan.
Taʼlim
2005-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro munosabatlar fakulteti bakalavr bosqichini, 2007-yilda shu fakultet magistraturasini tugatgan. 2009-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti moliya fakulteti bakalavriatini sirtqi boʻlimini tugatgan.
Mehnat faoliyati
2007—2011 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tashqi siyosat tahlili va strategiyasi bosh boshqarmasida referent, attashe, uchinchi kotib, ikkinchi kotib,
2011—2013 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tashqi siyosat tahlili va strategiyasi bosh boshqarmasi boʻlim boshligʻi.
2013—2017 – Oʻzbekiston Respublikasining AQShdagi elchixonasining siyosiy tahlil boʻlimi attashesi.
2017—2018 – Oʻzbekiston Respublikasining AQShdagi elchixonasi siyosiy tahlil boʻlimining birinchi kotibi.
2018—2019 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Amerika departamenti birinchi kotibi.
2019—2020 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tashkiliy-inspektorlik boshqarmasi boshligʻi.
2020—2023-yillarda Oʻzbekistonning Avstriyadagi favqulodda va muxtor elchisi, Xalqaro atom energiyasi agentligidagi doimiy vakili etib tayinlanadi.
2022-yildan 2023-yilgacha Oʻzbekistonning Vengriyadagi favqulodda va muxtor elchisi.
2023-yil 26-oktyabr kuni Oʻzbekistonning Italiyadagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi va Rim shahrida joylashgan xalqaro tashkilotlar (FAO, QXRXJ, BOOD) huzuridagi doimiy vakil hamda 2024-yilning dekabr oyidan boshlab O‘zbekistonning Kiprdagi elchisi sifatida ham faoliyat yuritmoqda. 2025-yil 2-mart O‘zbekistonning Maltadagi birinchi elchisi etib tayinlanadi.
- 30-dekabrda tugʻilganlar
- 1982-yilda tugʻilganlar
- Nukusda tugʻilganlar
- Oʻzbekistonning Avstriyadagi elchilari
- Oʻzbekistonning Vengriyadagi elchilari
- Oʻzbekistonning Italiyadagi elchilari
- Yashayotgan insonlar



