Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Abdumalik Abdulloyevich Abdullajonov (tojikcha: Абдумалик Абдуллоевич Абдуллоҷонов, 1-yanvar 1949-yil) – Tojikiston bosh vaziri (21-sentyabr 1992 – 18-dekabr 19

Abdumalik Abdullajonov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abdumalik Abdulloyevich Abdullajonov
Абдумалик Абдуллоевич Абдуллоҷонов
 Tojikiston Bosh vaziri
Mansab davri
1992-yil 20-noyabrdan  1993-yil 18-dekabrgacha
(21-sentyabr 1992-yildan v.b.)
Oʻtmishdoshi Akbar Mirzoyev
Jamshed Karimov(v.b.)
Vorisi Abdujalil Samadov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1949-yil 1-yanvar (1949-01-01) (77 yosh)
Xoʻjand

Abdumalik Abdulloyevich Abdullajonov (tojikcha: Абдумалик Абдуллоевич Абдуллоҷонов, 1-yanvar 1949-yil) – Tojikiston bosh vaziri (21-sentyabr 1992 – 18-dekabr 1993).

Biografiyasi

1949-yil 1-yanvarda Xoʻjandda tugʻilgan. Uning bobosi – Abdurahmon ibn Muhammad Sulton al Maʼsumiy – Saudiya Arabistoni Qiroli Abdulaziz ibn Abdurahmon as-Saudning maslahatchisi edi.

1971-yilda Odessa texnologiya institutini muhandis-texnolog mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

1971-yilda – Qayroqqum un fabrikasi direktori oʻrinbosari, direktori.

1980-yilda Tojikiston SSR non mahsulotlari vaziri oʻrinbosari, 1986-yilda vazirining birinchi oʻrinbosari, 1987-yilda – vaziri.

1992-yil 21-sentyabrda Tojikiston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

1992-yil 20-noyabrda Tojikiston bosh vaziri etib tayinlandi.

1993-yilda Emomali Rahmon bilan kelishmovchiliklar tufayli isteʼfo berdi.

1993—1994-yillarda Tojikistonning Rossiyadagi elchisi.

1994—1996-yillarda oʻzi tashkil etgan muxolif siyosiy blok rahbari.

1998-yilda Prezident Rahmonga qarshi muvaffaqiyatsiz isyon tashkilotchisi hisoblanadi.

2013-yilda Ukrainaning Borispol xalqaro aeroportida qoʻlga olingan. Shu yil aprelda ozod qilingan.

Amerika Qoʻshma Shtatlarida yashaydi.

Yuqori