![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Tavallud sanasi | 1987-yil 4-aprel | ||
| Tavallud joyi | Shtutgart, Germaniya, | ||
| Boʻyi | 189 sm | ||
| Ampluasi | yarim himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | | ||
| Raqami | 6 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 1995–2004 | Shtutgart | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2004–2006 2006-2010 2010- hz.-2015 | Shtutgart II Shtutgart Real MadridYuventus | (21 (1) 98 (14) 53 (2)) | |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2009– hz. | | (32 (2)) | |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Sami Xedira (olmoncha: Sami Khedira ; arabcha: سامي خضيرة; 4 aprel 1987 yil, Shtutgart) — Kelib chiqishi tunislik bo’lgan nemis futbolchisi. Germaniya terma jamoasi va Yuventusklubi yarim himoyachisi. Onasi nemis, otasi tunis.
Faoliyati
Shtutgart
Bundesligada 1 oktabr 2006 yilda Gerta jamoasiga qarshi debyutini o’tkazgan. 2007 yil 29 yanvarda Shtutgart bilan 2009 yil iyun oyigacha shartnoma imzoladi. 2008 yil 9 iyulida shartnomasini 2011 yilgacha uzaytirdi. Jamoada tayanch yarim himoyachi sifatida maydonga tushdi, bir oz muddat jamoaning sardor o’rinbosari ham bo’ldi.
Real Madrid
2010 yilning yozida madridning “Real” jamoasiga tarkibiga o’tdi. Transfer summasi 12 million yevroni tashkil etdi. 2012 yil 21 aprel kuni bo’lib o’tgan mehmondagi o’yinda “Real”ning azaliy raqibi hisoblangan Barselona darvozasiga to’p kiritdi va o’yinda jamoasi 1:2 hisobida g’alaba qozondi.
Germaniya terma jamoasi
Germaniya terma jamoasida 2009 yil 5 sentabrda JARga qarshi o’tgan o’rtoqlik uchrashuvida o’z debyutini o’tkazgan. Terma jamoaning asosiy o’yinchilarining ko’plab jarohati sababli Sami 2010 yilgi jahon chempioni tarkibiga kiritildi. Mundialda o’tkazilgan barcha o’yinlarda ishtirok etdi va maydon markazidagi o’yinlari yuqori baholanib, maqtovlarga sazovor bo’ldi. 3-o’rin uchun Urugvay bilan bo’lgan bahsda u gol urishga ham erishdi.
Yutuqlari
Klubda
- Germaniya chempioni: 2007
- Ispaniya kubogi sohibi: 2010/11
- Ispaniya chempioni: 2011/12
- Ispaniya superkubogi sohibi: 2012
Terma jamoada
- Yoshlar o’rtasida Yevropa chempioni: 2009
- Jahon chempionati bronza mukofoti: 2010
- Yevropa chempionati bronza mukofoti: 2012
Shaxsiy yutuqlari
UEFA Yevropa turniri ramziy jamoasi: 2012
- 4-aprelda tugʻilganlar
- 1987-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Germaniyalik erkak futbolchilar
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- VfB Stuttgart II futbolchilari
- VfB Stuttgart futbolchilari
- Real Madrid CF futbolchilari
- Juventus F.K. oʻyinchilari
- Hertha BSC futbolchilari
- Regionalliga futbolchilari
- Bundesliga futbolchilari
- Serie A futbolchilari
- UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar
- FIFA Jahon chempionati 2010 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari
- UEFA Yevro 2012 oʻyinchilari
- UEFA Yevro 2016 oʻyinchilari
- Futbol boʻyicha jahon chempionlari
