Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Mirishkor tumani — Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyatidagi tuman. 2003-yil 6-yanvarida Usmon Yusupov va Bahoriston tumanlarining birlashtirilishi

Mirishkor tumani

Mirishkor tumani
tuman
Tarkibida Qashqadaryo viloyati
Maʼmuriy markazi Yangi Mirishkor
Asos solingan sanasi 6-yanvar 2003
Tuman hokimi Fayzullo Gʻulomov
Rasmiy tillar Oʻzbek
Aholi 124,100 kishi
Dinlar tarkibi musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Avtomobil raqami kodi 70
Rasmiy sayti http://gov.uz/mirishkor/
Xaritada
Mirishkor tumani xaritada
38°54′7″N 65°0′3″E / 38.90194°N 65.00083°E / 38.90194; 65.00083

Mirishkor tumani — Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyatidagi tuman. 2003-yil 6-yanvarida Usmon Yusupov va Bahoriston tumanlarining birlashtirilishi natijasida tashkil etilgan. Mirishkor tumani Qashqadaryo viloyatining janubi-gʻarbida joylashgan. Tuman shimoldan Muborak, sharqdan Kasbi, Qarshi, Nishon tumanlari, gʻarbdan Buxoro viloyatining Olot va Qorakoʻl tumanlari, janubdan Turkmanistonning Lebap viloyati bilan chegaradosh. Mirishkor tumanida 3 shaharcha (Yangi Mirishkor, Jeynov, Chandir), 12 qishloq fuqarolar yigʻini (Avazchoʻl, Vori, Guliston, Gulshanbogʻ, Jeynov, Mirishkor, Navbahor, Obod, Pomuq, Chamanzor, Chandir, Yangiobod) va 40 mahalla fuqarolar yigʻini bor. Maydoni 3,1 ming km2. Mirishkor tumani hududi jihatidan Qashqadaryo viloyatida 2-oʻrinda turadi. Aholisi 124,100 kishi (2022-yil 1-yanvar). Eng yirik aholi punti -Jeynov shaharchasi (26,4 ming kishi) Tuman markazi — Yangi Mirishkor shaharchasi. Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, arablar, turkmanlar, tojiklar, ruslar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholi zichligi 1 kmʼ ga oʻrtacha 28,1 kishi (2005).

Geografiyasi

Tuman hududi Qarshi choʻli zonasida joylashgan. Relyefi, asosan, tekisliklardan iborat boʻlib, sharqdan janubi-gʻarb tomon biroz pasayib boradi (Qorabuloq botigʻida 280 m gacha pasayadi). Mirishkor tumani huludidagi qirlardan chorva uchun yaylov sifatida foydalanilali.

Tumanning gʻarbiy va janubiy hududi yarim mustahkamlangan qumli maydonlar bilan band. Koʻchma qum barxanlari, eol-akkumulyativ, yaʼni shamol yotqiziqli qumtepa-joʻyakli relyef shakllari, gil yotqiziqli yassi yuzali tekisliklar bor. Toʻrtlamchi davrning choʻkindi yotqiziqlari tagida neogen va paleogen davrining giltosh, qumtosh, ohaktosh, gips-angidritli dengiz yotqiziqlari, boʻr va yura davrlarining issiq va sernam sharoitli dengiz yotqiziqlari uchraydi. Mirishkor tumanida bir qancha berk botiqlar: Qorabuloq, Dengizkoʻl, Xoʻjam Sayot, Qirqchashma va boshqa bor. Ularda shifobaxsh balchiqlar, tuz qatlamlari hosil boʻlgan. Tuman hududida Alang, Pomuq, Kultogʻ, Koʻkdumaloq, Oʻrtabuloq, Zevarda, Dengizkoʻl kabi neft, gaz va kondensatga boy konlar mavjud. Tuman yerlari Amudaryodan suv oladigan Mirishkor kanalidan sugʻoriladi.

Iqlimi

Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha harorati 2°, iyulniki 28°— 29,5°. Yozi issiq, quruq, davomli. Eng past harorat —28°, eng yuqori harorat 47°. Yozda garmsel shamoli taʼsirida oʻt-oʻlanlar qurib qoladi. Vegetatsiya davri 242 kun. Yillik yogʻin 130–200 mm.

Oʻsimlik va hayvonot dunyosi

Tuproqlari gil, shoʻrxok, oʻtloq, oddiy boʻz tuproqlar. Yovvoyi oʻsimliklardan juzgʻun, iloq, silen, shayton-kovush, karrak, qizil qandim, yetmak, saksovul, shuvoq, shoʻra, tuyaqorin, yantoq, qoʻngʻirbosh, lolaqizgʻaldoq, qamish, yalpiz, isiriq, chitir, chuch-moma, zira va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, chiyaboʻri, jayron, sichqon, kalamush, tipratikan, yumronqoziq, sudraluvchilardan echkemar, kaltakesak, har xil ilonlar; qushlardan tustovuq, kaptar, chumchuq, burgut, turna, laylak, qaldirgʻoch, musicha, hud-hud va boshqa bor.

Aholisi

Mahallalar

Mirishkor tumani 40 ta mahalla fuqarolar yigʻinidan tashkil topgan.

Mahalla nomiMFY raisi
1Avvona MFYSherzod Safarov
2Ayzabod MFYNodir Aminov
3Baluj MFYSanjar Nurillayev
4Bahoriston MFYOchil Azizov
5Barhayot MFYDilmurod Payanov
6Baraka MFYShonazar Hamroyev
7Boʻston QFYSunnat Pirqulov
8Doʻstlik MFYGʻulomjon Saidov
9Guliston QFYBobur Sattorov
10Gulobod MFYBaxodir Bakirov
11Gulshanbogʻ QFYSoatqul Moʻminov
12Istiqlol MFYErkin Eshmurodov
13Jeynov MFYFarxod Aliyev
14Madaniyat MFYToʻlqin Ataxanov
15Mirishkor MFYXilola Axmedova
16Mirobod MFYTemur Xudoyberdiyev
17Navbahor QFYFazliddin Xudoyqulov
18Navroʻz MFYMavjuda Yomgʻirova
19Nurafshon MFYZafar Karimov
20Obod QFYShuxrat Bozorov
21Obodon MFYObid Karimov
22Oltin boshiq MFYXolmurod Asadov
23Oqmachit MFYSanjar Sariqov
24Pomuq MFYErkin Nurgeldiyev
25Qurama MFYBeshboy Sharipov
26Tinchlik MFYElmurod Yagmurov
27Vori QFYXamidullo Oʻrinov
28Yangi ariq MFYAxmad Barotov
29Yangi Jeynov MFYJamshid Boymurodov
30Yangi Mirishkor MFYErkin Niyozqulov
31Yangi qishloq MFYMaxmud Baratov
32Yangihayot MFYFarxod Aktamov
33Yangiobod QFYXaydar Boboyev
34Yuksalish MFYXamroqul Mamatov
35Zafar MFYMuxiddin Azizov
36Oʻzbekiston MFYOʻtkir Qorayev
37Shirin MFYBobomurod Sariqulov
38Shodlik MFYYoʻlbars Babayev
39Chamanzor MFYYoqub Azimov
40ChandirOʻktam Xabibov

Moddiy madaniy meros obyektlari

Mirishkor tumanida 18 ta obyekt Oʻzbekiston Respublikasining Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.

Arxeologiya yodgorliklari

Tumanda jami 9 ta arxeologiya yodgorligi davlat muhofazasiga olingan.

Obyekt toʻliq nomiObyekt davriObyekt manziliKoʻchmas mulkka boʻlgan huquq
1PirmaqalatepaXI—XIII asrlarPomuq MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
2Koʻhna FoziltepaXI—XVII asrlarGuliston MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
3NomsiztepaXI—XIII asrlarGuliston MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
4RabodtepaXII—XIII asrlarPomuq MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
5NomsiztepaXI—XIII asrlarPomuq MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
6OqmachittepaXI—XIII asrlarOqmachit MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
7NomsiztepaXI—XVII asrlarObod MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
8NomsiztepaXI—XIII asrlarObod MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
9QoʻshtepaXII—XIII asrlarObod MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida

Arxitektura yodgorliklari

Tumanda jami 6 ta arxitektura yodgorligi davlat muhofazasiga olingan.

Obyekt toʻliq nomiObyekt davriObyekt manziliKoʻchmas mulkka boʻlgan huquq
1Pomuq masjidiXVIII asrJenov MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
2SardobaXIX asrOltin boshoq MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
3Chor gumbaz masjidiXIX asrJenov MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
4Yakka gumbaz masjidiXIV asrJenov MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
5Ayvon masjidiXIV asrJenov MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
6Chandir masjidiXIV asrChandir MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida

Monumental sanʼat yodgorliklari

Tumanda jami 2 ta monumental sanʼat yodgorligi milliy roʻyxatga kiritilgan.

Obyekt toʻliq nomiObyekt davriObyekt manziliKoʻchmas mulkka boʻlgan huquq
1 Maqsud Shayxzoda haykali1986-yilJenov MFY Jenov qishlogʻiDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
2Motamsaro Ona haykali1985-yilYangi Mirishkor qishlogʻiDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida

Diqqatga sazovor joylar

Tumanda jami 1 ta diqqatga sazovor joylar milliy roʻyxatga kiritilgan.

Obyekt toʻliq nomiObyekt davriObyekt manziliKoʻchmas mulkka boʻlgan huquq
1Isoq ota maqbarasiXIV asrPomuq MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
Yuqori