Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Rustam Elyorovich Ashurmatov (ruscha: Ашурматов, Рустам Элёрович; 1996-yil 7-iyulda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik futbolchi, Tehronning „Esteghlal“ klubida himoya

Rustam Ashurmatov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Rustam va familiyasi Ashurmatov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Rustam Ashurmatov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Rustam Elyorovich Ashurmatov
Tavallud sanasi 1996-yil 7-iyul (1996-07-07) (29 yosh)
Tavallud joyi Qoʻqon, Uzbekistan
Boʻyi 1.82 m (5 ft 11 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Esteghlal
Raqami 5
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Bunyodkor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015—2019 Bunyodkor 91 (5)
2019—2020 Gwangju 47 (2)
2021—2022 Gangwon 19 (1)
2022 Navbahor 25 (2)
2023—2025 Rubin 33 (2)
2025— Esteghlal 0 (0)
Milliy terma jamoa
2012—2013 Oʻzbekiston U-17 6 (1)
2015 Oʻzbekiston U-20 6 (0)
2017—2018 Oʻzbekiston U-23 12 (1)
2017— Oʻzbekiston 40 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2024-yil 13-noyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2024-yil 15-noyabr uchun)

Rustam Elyorovich Ashurmatov (ruscha: Ашурматов, Рустам Элёрович; 1996-yil 7-iyulda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik futbolchi, Tehronning „Esteghlal“ klubida himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati

Klub

2019-yilning 7-fevral kuni „Bunyodkor“ klubi Ashurmatovni „Gvanju“ jamoasiga oʻtganini eʼlon qilgan.

2021-yil 19-yanvarda Gvanju klubi Ashurmatovni Gangvonga oʻtganini eʼlon qilgan. Gangvon 2022-yilning 15-fevralida Ashurmatov klubni tark etganini eʼlon qilgan. Janubiy Koreyadagi faoliyati davomida ikki klub safida 65ta oʻyinda ishtirok etib 3 ta gol muallifi boʻlgan.

2022-yilning 18-fevralida Ashurmatov Namanganning „Navbahor“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2022-yilgi mavsumda namanganliklar jamoasi bilan muvaffaqiyatli oʻtgan mavsumdan soʻng Rossiyaning „Rubin“ klubi bilan 3,5 yillik shartnoma imzolagan.

Xalqaro

2017-yildan buyon futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oʻyinchisi. Ashurmatov Oʻzbekiston yoshlar terma jamoalari safida 2013-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionati, 2015-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionati, va xalqaro turnirlarda ishtirok etgan. 2018-yilgi U-23 Osiyo chempionatida 23 yoshgacha boʻlgan futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bilan soʻnggi turnirda gʻolib chiqgan va final oʻyinida gol urgan.

Futbol boʻyicha 2026-yilgi jahon chempionati uchun Oʻzbekiston terma jamoasi qaydnomasidan oʻrin olgan.

Yutuqlar

Gvanju FK

  • K liga 2: 2019-yil

Oʻzbekiston U-23

  • U-23 Osiyo chempionati (1): 2018-yil

Mukofotlari

2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Yuqori