Agulyas, Ignaboʻrni soyligi — Atlantika va Hind okeanlari chegarasida okean tubining pasaygan qismi. Janubiy Afrika-Antarktika tizmasidan shimolidan Janubiy Afrikaning materik yonbagʻri bilan chegaralangan. Tubi shimoliy yarmida tekis (chuqurligi 2500 metr), janubida esa parchalangan (chuqurligi 4000–5000 metr, ayrim joylarida 6000 metrgacha). Shimoli-sharqida Agulyas qiri bor (u yerda chuqurlik 2500 metr). Shimoli va Agulyas qirida foraminiferali balchiqlardan iborat.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |