| Sayfiddin Irmatov | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 1953-yil 22-fevral Toshkent |
| Vafoti | 14-avgust 2024-yil (71 yoshda) |
| Fuqaroligi | |
Sayfiddin Gaziyevich Irmatov – 1953-yil 22-fevralda Toshkent shahrida tavallud topgan. Yoshlik davrida „Paxtakor“, „Spartak“ va „Avtomobilchi“ jamoalarida toʻp surgan. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti.
Karyerasi
Sayfiddin Irmatov yoshlik davrida „Paxtakor“, „Spartak“ va „Avtomobilchi“ jamoalarida top surgan. Shundan soʻng „Paxtakor“ bolalar-oʻsmirlar sport maktabi va futbol boʻyicha Respublika Oliy sport mahorati maktabida yoshlarga futbol boʻyicha saboq bergan. Keyinchalik futbolda hakam sifatida ham faoliyat olib borgan. 2022-yilda „Oʻzbekiston sport faxriysi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
Vafoti
Sayfiddin Irmatov 2024-yil 14-avgustda vafot etgan.
Yana qarang
- Ravshan Irmatov
- 22-fevralda tugʻilganlar
- 1953-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- 14-avgustda vafot etganlar
- 2024-yilda vafot etganlar
- Oʻzbekistonda vafot etganlar
- Oʻzbekistonlik futbol hakamlari
- Toshkent sport kishilari
