![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Anzur Husanovich Ismoilov | ||
| Tavallud sanasi | 1985-yil 21-aprel | ||
| Tavallud joyi | Samarqand, Oʻzbekiston SSR | ||
| Boʻyi | 1.90 m (6 ft 3 in) | ||
| Ampluasi | Himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Lokomotiv | ||
| Raqami | 5 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2000—2001 | Soliqchi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2001—2002 | Dinamo | 5 | (0) |
| 2002—2003 | Traktor | 12 | (1) |
| 2003—2009 | Paxtakor | 78 | (5) |
| 2006 | → Dinamo | 18 | (3) |
| 2010 | Bunyodkor | 25 | (2) |
| 2011—2018 | Changchun Yatai FC | 193 | (14) |
| 2018—2019 | Lokomotiv | 41 | (5) |
| 2020—2021 | Paxtakor | 46 | (0) |
| 2022—2023 | OKMK | 43 | (2) |
| 2024— | Lokomotiv | 40 | (4) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2007—2021 | Oʻzbekiston | 105 | (3) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2025-yil 11-dekabr uchun) | |||
Anzur Husanovich Ismoilov (1985-yili 21-aprelda Toshkent shahrida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbolchi, himoyachi va tayanch yarim himoyachisi pozitsiyalarida oʻynaydi. Hozir Oʻzbekistonning „Lokomotiv“ futbol klubida oʻynaydi.
2007—2021-yilllar davomida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi boʻlgan.
Jamoalardagi faoliyati
Professional futboldagi karyerasini 2001-yili Dinamo Samarqand futbol klubida boshlagan, 2002 va 2003-yillari Toshkentning „Traktor“ klubida oʻynagan. 2003-yildan 2009-yilgacha Paxtakor sharafini himoya qilgan boʻlsa, 2010-yilda „Bunyodkor PFK“ klubida 25 oʻyinda qatnashib 2ta golga mualliflik qildi.
2011-yilning 17-fevralidan boshlab Xitoyning Changchun Yatai FC klubiga oʻtdi va hozirgacha oʻsha klub sharafini himoya qilib kemoqda. Xitoy chempionatlarida 8 yil davomida harakat qildi. 2018-yilgi mavsumda Toshkentnig „Lokomotiv“ jamoasi taklifi tufayli vataniga qaytdi va termiryoʻlchilar bilan shartnoma imzoladi. Ikki yil davomida „termiryoʻlchilar“ safida harakat qilgan Anzur 2020-yilgi mavsumda sobiq jamoasi, Toshkentning boshqa bir klubi „Paxtakor“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. „Sherlar“ safida 2 mavsum davomida harakat qilib Oʻzbekiston chempioni, Kubok va Superkubok sohiubiga aylandi. 2022-yilgi mavsumdan Olmaliqning „OKMK“ jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. 2024-yilda sobiq jamoasi, Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasiga qaytdi va bir yillik shartnoma imzolagan.
Terma jamoadagi faoliyati
Terma jamoadagi ilk debyut uchrashuvini 2007-yili 2-iyulda Iroq terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda oʻtkazgan, oʻshanda oʻyinning 70-daqiqasida Anzur jamoadoshi Aleksey Nikolayev bilan almashtirilgan edi.
2013-yilning 10-sentyabrida 2014-yilgi jahon chempionatiga saralash bahslarining 5-roundi ikkinchi javob uchrashuvida Iordaniya terma jamoasiga qarshi kechgan oʻyinning boshida gol urib qahramonga aylangan edi, ammo oʻyinning oxirida penaltilar seriyasida gol urolmay, terma jamoaning jahon chempionati saralashdagi odimini toʻxtatgan edi.
2007-yilgi Osiyo kubogida ishtirok etib terma jamoa safida bitta uchrashuvda maydonga tushgan, 2011-yilgi Osiyo kubogida 5ta oʻyinda maydonga tushib yarim final ishtirokchisi boʻlgan boʻlsa, 2015-yilgi Osiyo kubogida 4 ta uchrashuvda maydonga tushib terma jamoa sharafini himoya qilgan. Jami terma jamoa safida 101 ta oʻyin oʻtkazib raqiblar darvozasini 3 marta ishgʻol qilgan. 2019-yilda terma jamoadagi faoliyatiga yakun yasadi.
Milliy terma jamoa uchun gollar
- Gol va natijalar roʻyxatida birinchi boʻlib Oʻzbekistonning gollari qayd etilgan.
| № | Sana | Stadion | Raqib | Hisob | Natija | Competition |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1. | 2013-yil 10-sentyabr | Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston | 1-0 | 1-1 | 2014-yilgi jahon chempionati saralashi | |
| 2. | 2015-yil 16-iyun | Kim Il-sung stadioni, Pxenyan, Shimoliy Koreya | 1-4 | 2-4 | 2018-yilgi jahon chempionati saralashi | |
| 3. | 2016-yil 24-mart | Bunyodkor stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston | 1-0 | 1-0 | 2018-yilgi jahon chempionati saralashi |
Doping nazorati
2009-yil oktyabr oyida Ismoilov 2009-yil 17-iyunda oʻyindan keyingi doping nazoratida tetrahidrokannabinol (nasha) moddasi mavjudligi uchun uch oyga diskvalifikatsiya qilindi.
Yana qarang
- Xalqaro darajadagi 100 va undan ortiq oʻyinlardan maydonga tushgan erkak futbolchilar roʻyxati
- 21-aprelda tugʻilganlar
- 1985-yilda tugʻilganlar
- Samarqandda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Samarqand sport kishilari
- Erkaklar futbol markaziy himoyachilari
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Traktor klubi futbolchilari
- Dinamo Samarqand futbolchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Bunyodkor klubi futbolchilari
- Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari
- AGMK futbolchilari
- Changchun Yatai F.C. futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Xitoy Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- Xitoydagi muhojir erkak futbolchilar
- Osiyo Kubogi 2007 futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2011 futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2015 futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2019 futbolchilari
- Osiyo oʻyinlari 2006 futbolchilari
- FIFA erkaklar markaziy klubi
