![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Bobur Alisher oʻgʻli Abduholiqov | ||
| Tavallud sanasi | 1997-yil 23-aprel | ||
| Tavallud joyi | Koson, Oʻzbekiston | ||
| Boʻyi | 1.77 m (5 ft 10 in) | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Nasaf | ||
| Raqami | 10 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2012—2015 | Nasaf | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2015—2020 | Nasaf | 112 | (45) |
| 2021 | Rukh Lviv | 0 | (0) |
| 2021—2022 | FK Energetik-BGU Minsk | 44 | (28) |
| 2023 | Ordabasi | 26 | (7) |
| 2024 | Nasaf | 23 | (5) |
| 2025 | Sumgayit FK | 13 | (4) |
| 2025 | Paxtakor | 10 | (1) |
| 2026— | Nasaf | 9 | (2) |
| Milliy terma jamoa‡ | |||
| 2016 | Oʻzbekiston U−20 | 3 | (1) |
| 2017—2020 | Oʻzbekiston U−23 | 40 | (21) |
| 2018— | Oʻzbekiston | 18 | (1) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2025-yil 10-iyul uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2024-yil 19-noyabr uchun) | |||
Bobur Alisher oʻgʻli Abduholiqov (1997-yil 23-aprelda Qashqadaryo viloyati Koson tumanida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, Oʻzbekiston terma jamoasida hujumchisi ampulasida oʻynaydi.
Jamoalardagi faoliyati
Oʻzbekistonning Qashqadaryo viloyati Koson shahrida tugʻilgan. Qarshining „Nasaf“ klubi tarbiyalanuvchisi boʻlib, hujumchi 2015-yilning iyun oyida klubning asosiy jamoasiga oʻtgan. 2015-yilning 12-iyun kuni kattalar futbolidagi debyutini Oʻzbekiston kubogi doirasida „Oqtepa“ klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazib, 85-daqiqada Akramjon Baxritdinovni oʻrniga maydonga tushgan. Qoʻshimcha boʻlimlarda gol urib, jamoasiga 2:1 hisobida gʻalaba keltirgan. Debyut mavsumida 4 ta oʻyin oʻtkazib, ikkita gol urgan. Superligadagi debyut golini 2016-yil 11-aprel kuni Toshkentning „Paxtakor“ jamoasiga qarshi 4-tur uchrashuvida durang natija qayd etilgan (1:1) oʻyinida kiritgan.
2017-yilgi keyingi mavsumda ikki barobar koʻp gol urgan, 21 oʻyinda 8 ta golli natijani qayd etgan. 2018-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasida 27 oʻyinda 13 ta gol urib, eng yaxshi toʻpurarlardan biriga aylangan, shu jumladan, pley-off bosqichida 8-gol muallifiga aylangan. Oʻzi uchun muvaffaqiyatli 2018-yilgi mavsumdan soʻng, keyingi mavsum unchalik yorqin oʻyin koʻrsata olmagan, liganing 20 oʻyinida uchta gol urgan. Qisqartirilgan 2020-yilgi mavsumda yana oʻzining toʻpurarlik qobiliyatini namoyish etib, chempionatda ikkinchi toʻpurarga aylanib, 23 oʻyinda 17 ta gol urgan.
2021-yil 19-fevralda „Rux Lvov“ klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolagan. 2021-yilning may oyida jamoani tark etgan.
Energetik-BGU
2021-yilning iyul oyida Belarusning Energetik-BGU klubiga oʻtgan. Bobur Abduholiqov Energetik-BGU tarkibidagi debyut uchrashuvini 2021-yilning 17-iyunida Premyer-liga doirasida „Smorgon“ga qarshi bahsda amalga oshirgan. Bobur Belarus jamoasi tarkibidagi birinchi golini 2021-yil 17-sentyabrda Torpedo-BelAZ jamoasiga qarshi uchrashuvda raqib darvozasiga kiritgan. Bobur Abduholiqov yangi mavsumdagi ilk oʻyinini 2022-yil 19-mart kuni „Vitebsk“ jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushish orqali amalga oshirgan. Bu oʻyin Abduholiqov uchun juda omadli kechgan, hujumchi oʻyinda ikkita gol urishga va bitta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq boʻlgan. 2022-yil 3-aprel kuni Belarus Oliy ligasining 2-turi doirasidagi „Torpedo-BelAZ“ jamoasiga qarshi oʻyinda ham Bobur Abduholiqov dubl qayd etishga muvaffaq boʻlgan. ABFF maʼlumotlariga koʻra, Abduholiqov 2022-yilgi Belarus Oliy ligasida 2-turining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. 2022-yil 2-may kuni Belarus Oliy ligasining 6-turidan oʻrin olgan „Neman Grodno“ jamoasiga qarshi oʻyinda Bobur Abduhliqov Belarus jamoasi tarkibidagi va turnirdagi ilk xet-trikni qayd etishga muvaffaq boʻlgan. 2022-yilning 9-iyulida chempionatning navbatdagi tur bahsida Energetik-BGU „Gomel“ jamoasiga qarshi maydonga tushgan. Oʻyinda Abduholiqov asosiy tarkibda maydonga tushgan ammo ketma-ket 7 ta oʻyinda davom etib kelayotgan gollik seriyasini mana shu bahsda toʻxtatgan .
Abduholiqov 2022-yil 5-avgust kuni „Vitebsk“ jamaosiga qarshi oʻyinda yana dubl qayd etishga muvaffaq boʻlgan. Oradan bir oy oʻtib, 2022-yil 3-sentyabr kuni „Isloch“ jamoasiga qarshi kechgan oʻyinda Bobur yana 2 ta gol urgan. 2022-yil 2-noyabr kuni Minskning „Dinamo“ klubiga qarshi oʻyinda Oʻbekistonlik hujumchi yanabir bor dubl qayd etishga muvaffaq boʻlgan, mavsumdagi gollari soni boʻyicha Sergey Davydovga yetib olgan va shu tariqa legionerlarning eng yaxshi toʻpurarlari roʻyxatida yakka peshqadamaga aylanib olishgan. Mavsum yakunida esa Bobur Abduholiqov va uning jamoasi Oliy liganing kumush medali sohibiga aylanishgan. Shuningdek, futbolchining oʻzi 26 ta gol bilan chempionat toʻpurari, 32 ochko bilan gol+pas tizimi boʻyicha eng yaxshi futbolchiga aylangan. Bobur Oliy liganing ramziy jamoasiga kirgan. Oradan biroz vaqt oʻtib futbolchi klubni tark etishini eʼlon qilgan. Shuningdek, statistik maʼlumotlarga koʻra, futbolchi chempionatda safardagi gollar, xorijlik futbolchilar oʻrtasida mavsumdagi gollari va gol+pas tizimi boʻyicha chempionatda 3 ta yangi rekord oʻrnatgan, shuningdek, yana 2 ta rekordni takrorlagan. Xususan mavsumdagi dubllar soni va gʻalaba keltirgan gollar soni boʻyicha natijalarni takrorlagan. Bobur Abduholiqovning „Belshina“ jamoasi darvozasiga urgan goli Premyer-ligadagi eng yaxshi 10ta gol roʻyhatidan joy olgan.
Ordabasi
2023-yilning yanvar oyida futbolchi Qozogʻistonning „Ordabasi“ klubi safida tibbiy koʻrikdan oʻtgan. 2023-yilning fevralida Qozogʻiston klubi rahbari Baurjan Abdubaitov oʻzbekistonlik futbolchi bilan uning jamoasi shartnoma imzolanganini eʼlon qilgan. Bobur Abduholiqov qozoq klubi safida 2023-yil 25-fevralda rasman klub futbolchilari roʻyhatiga kiritilgan. Bobur klubdagi debyut uchrashuvini 2023-yil 25-fevralda Qozogʻiston Superkubogi uchun kechgan bahsda „Astana“ jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. „Ordobasi“ jamoasi bu uchrashuvda magʻlubiyatga uchragan. 2023-yil 4-mart kuni Qozogʻiston Premyer-ligasi doirasidagi debyut oʻyinida Kaspiy jamoasiga qarshi maydonga tushgan va Premyer ligadagi ilk oʻyinida gol urishga muvaffaq boʻlgan.
Nasaf
2024-yilda Qarshining „Nasaf“ jamoasi bilan shartnoma imzolagani eʼlon qilindi.
Terma jamoadagi faoliyati
2017-yilning may oyida Bobur ilk bor Oʻzbekiston 23 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasi safida maydonga tushgan. 2018-yilning yanvar oyida milliy terma jamoa bilan birgalikda Xitoyda boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida gʻolib chiqqan. Oʻsha yili Osiyo oʻyinlarida 4ta oʻyinda 1ta gol urgan. Keyingi yili murabbiy Ravshan Haydarov qoʻl ostida asosiy oʻyinchiga aylangan, shuningdek yoshlar oʻrtasidagi 2020-yilgi Osiyo chempionatiga yoʻl olgan va 6 uchrashuvda 1 ta gol urgan. U jamoa safida 20 dan ortiq gol urgan va buning evaziga Oʻzbekistonning yangi tarixida ushbu yosh toifasidagi eng yaxshi toʻpurarlardan biriga aylangan.
2018-yilning 8-iyun kuni Urugvayga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida magʻlubiyatga uchragan (0:3) Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibidagi debyutini ikkinchi boʻlimda Zabihillo Oʻrinboyev oʻrniga maydonga tushib amalga oshirgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
- 2026-yil 16-mayga oid statistika
| Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Liga kubogi | Xalqaro | Boshqa | Jami | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Divizion | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
| Nasaf | 2015 | Oʻzbekiston Superligasi | 1 | 0 | 3 | 2 | — | — | — | 4 | 2 | |||
| 2016 | 18 | 4 | 5 | 2 | — | 6 | 2 | 1 | 0 | 29 | 8 | |||
| 2017 | 21 | 8 | 2 | 1 | — | 2 | 0 | — | 25 | 8 | ||||
| 2018 | 27 | 13 | 1 | 0 | — | 7 | 2 | — | 35 | 15 | ||||
| 2019 | 20 | 3 | 4 | 1 | 4 | 3 | 0 | 0 | — | 24 | 4 | |||
| 2020 | 25 | 17 | 3 | 0 | — | — | — | 28 | 17 | |||||
| Jami | 112 | 45 | 18 | 6 | 4 | 3 | 15 | 4 | 1 | 0 | 150 | 58 | ||
| Rukh Lvov | 2020–21 | Ukraina Premyer-ligasi | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | — | 0 | 0 | |||
| FC Energetik-BGU Minsk | 2021 | Belarus Premyer-ligasi | 14 | 2 | 1 | 0 | — | — | — | 15 | 2 | |||
| 2022 | 30 | 26 | 2 | 1 | — | — | — | 32 | 27 | |||||
| Jami | 44 | 28 | 3 | 1 | — | — | — | 47 | 29 | |||||
| Ordabasi | 2023 | Qozogʻiston Premyer-ligasi | 26 | 7 | 6 | 1 | — | 2 | 0 | 1 | 0 | 35 | 8 | |
| Nasaf | 2024 | Oʻzbekiston Superligasi | 23 | 5 | 3 | 0 | — | 8 | 0 | 1 | 0 | 35 | 5 | |
| Sumgayit | 2025 | Ozarbayjon Premyer-ligasi | 13 | 4 | 1 | 0 | — | — | — | 14 | 4 | |||
| Paxtakor | 2025 | Oʻzbekiston Superligasi | 10 | 1 | 0 | 0 | — | — | — | 10 | 1 | |||
| Nasaf | 2026 | Oʻzbekiston Superligasi | 11 | 3 | 3 | 4 | 2 | 1 | — | 12 | 5 | |||
| Umumiy | 239 | 93 | 32 | 9 | 0 | 0 | 27 | 4 | 4 | 0 | 299 | 106 | ||
- Osiyo Chempionlar Ligasidagi ishtirok va gollar
- Qozogʻiston Superkubogidagi ishtiroki va gollari
- Oʻzbekiston Superkubogidagi ishtiroki
Xalqaro
| Oʻzbekiston terma jamoasi | ||
|---|---|---|
| Year | Oʻyinlar | Gollar |
| 2018 | 1 | 0 |
| 2019 | 0 | 0 |
| 2020 | 2 | 0 |
| 2021 | 0 | 0 |
| 2022 | 1 | 0 |
| 2023 | 4 | 1 |
| Total | 8 | 1 |
2023-yil 13-sentabr oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika
| № | Sana | Stadion | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2023-yil 13-sentyabr | Mercedes-Benz stadioni, Atlanta, Amerika Qoʻshma Shtatlari | 1–0 | 3–3 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
Yutuqlari
Terma jamoa
- Oʻzbekiston U23
- AFC U-23 Osiyo kubogi chempioni: 2018
Klub
- Nasaf
- Oʻzbekiston Superligasi gʻolibi: 2024
- Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2015
- Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2016, 2024
- Ordabasi
- Qozogʻiston Premyer-ligasi chempioni: 2023-yil
- Paxtakor
- Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2025
Shaxsiy mukofotlari
- Belarus Premyer-ligasi toʻpurari: 2022
- Davlat mukofotlari
- 2025-yil 28-iyunda Kelajak bunyodkori medali bilan mukofotlangan.
- 23-aprelda tugʻilganlar
- 1997-yilda tugʻilganlar
- Kosonda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Futboldagi erkak hujumchilar
- Nasaf klubi futbolchilari
- Ruh Lvov klubi futbolchilari
- FC Energetik-BGU Minsk klubi futbolchilari
- Ordabasi klubi futbolchilari
- Sumgayit FK futbolchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Belarus Premyer-ligasi futbolchilari
- Ukraina Premyer-ligasi futbolchilari
- Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- Ukrainadagi muhojir erkak futbolchilar
- Ukrainadagi oʻzbekistonlik muhojir sportchilar
- Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar
- Qozogʻistondagi oʻzbekistonlik muhojir sportchilar
- Belarusdagi muhojir erkak futbolchilar
- Belarusdagi oʻzbekistonlik muhojir sportchilar
- Ozarbayjondagi muhojir erkak futbolchilar
- Ozarbayjondagi oʻzbekistonlik muhojir sportchilar
- Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Osiyo oʻyinlari 2018 futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari
- Sportchilar
