Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Oʻzbekiston Stadioni Oʻzbekiston tumanida Yaypan shahrida joylashgan boʻlib,Turon jamoasining uy stadioni hisoblanadi.

O'zbekiston Stadioni

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)
O'zbekiston Stadioni
Sobiq nom(lar)i Mexnat stadioni
Joyi Yaypan, Oʻzbekiston
Qachon ochilgan 1975-yil
Qachon taʼmirlangan 2018-2022-yillari
Egasi Turon futbol klubi
Operator Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi
Yuzasi tabiiy chim, grass
Hajmi 8.000 (futbol)
Maydon oʻlchami 112m x 72m
Maydon egalari
Turon futbol klubi, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi

Oʻzbekiston Stadioni Oʻzbekiston tumanida Yaypan shahrida joylashgan boʻlib,Turon jamoasining uy stadioni hisoblanadi.

Oʻzbekiston tumani hokimi Qahramon Joʻrayevning tashabbusiga koʻra klub uy oʻyinlarini oʻtkazadigan stadionga „Oʻzbekiston“ nomi berilgan va oʻyingoh holati zamonaviy koʻrinishga keltirilgan.

Tarixi

Stadion Oʻzbekiston Tumanida joylashgan boʻlib, 1970-yillarda qurilgan, sobiq nomi „Mehnat“ stadionidir. Stadionda „Olimjon Akbarov“ va „Mehnat“ kabi mahalliy jamoalar toʻp surgan. Bugungi kunda mahalliy Turon jamoasining uy stadioni hisoblanadi. Oʻzbekiston stadioni 2018-yildan boshlab keng taʼmirlash ishlari boshlangan. Maydon sifati OFK va FIFA talablariga javob beradigan darajaga keltirilgan. 2021—2022 yillarda taʼmirlash ishlaridan soʻng FIFA standartlariga javob beradigan holatga keltirilgan. Stadionda yuqori darajadagi uchrashuvlardan 2022-yilgi Oʻzbekiston Superkubogi bahsi oʻtkazilgan. Bugungi kunda stadion 8000 yaqin muxlisni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi.

Tavsifi

Stadionda Germaniyalik mutaxassislar tajribasi asosida ishlab chiqilgan darvoza uskunasi hamda zamonaviy uslubdagi zaxira oʻrindiqlari keltirib oʻrnatilgan. 2021-yilgi mavsumda ilk bor Oʻzbekiston Superligasida ishtirok etayotgan „Turon“ futbol klubining uy oʻyingohi hisoblanadigan „Oʻzbekiston“ arenasi FIFA standartlariga mos xolga keltirilgan. Xususan oʻyingohda 4x8 m oʻlchamda ulkan „UZLED“ elektron monitori hamda yorugʻlik darajasi 2000 lyuks boʻlgan „Philips“ svetodiod yoritish tizimlari oʻrnatilgan, shuningdek 3500 oʻrinli qoʻshimcha tribunalar qurib bitkazilgan. „Oʻzbekiston“ stadionida muxlislar va mehmonlar uchun zamonaviy 140 oʻrinli VIP sektor, video operatorlar, suxandon hamda matbuot xizmati xodimlari uchun maxsus shinam joylar mavjud.

Yuqori