Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Odiljon Soxibjon oʻgʻli Xamrobekov (1996-yil 13-fevral tugʻilgan) — oʻzbekistonlik professional futbolchi, Eronning „Traktorsozi“ klubi va futbol boʻyicha Oʻzbe

Odiljon Hamrobekov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)

Vikipediyada ismi Odiljon va familiyasi Xamrobekov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Odiljon Xamrobekov
Xamrobekov Paxtakor tarkibida (2020-yil)
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Odiljon Soxibjon o‘g‘li Xamrobekov
Tavallud sanasi 1996-yil 13-fevral (1996-02-13) (30 yosh)
Tavallud joyi Shoʻrqoʻrgʻon, Namangan tumani, Oʻzbekiston
Boʻyi 1.78 cm (12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Traktorsozi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2018 Nasaf 70 (2)
2019—2021 Paxtakor 41 (0)
2021 Shabab Al-Ahli 8 (0)
2021—2023 Paxtakor 56 (1)
2024 Navbahor 23 (1)
2025 Bunyodkor 15 (0)
2025— Traktorsozi 0 (0)
Milliy terma jamoa
2013 Oʻzbekiston U-17 4 (0)
2014—2015 Oʻzbekiston U-20 7 (0)
2018—2019 Oʻzbekiston U-23 6 (0)
2017— Oʻzbekiston 65 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2025-yil 16-iyul uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2025-yil 16-iyul uchun)

Odiljon Soxibjon oʻgʻli Xamrobekov (1996-yil 13-fevral tugʻilgan) — oʻzbekistonlik professional futbolchi, Eronning „Traktorsozi“ klubi va futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati

Klub

„Nasaf“ klubi tarbiyalanuvchisi. 2019-yilgi mavsumda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi Xamrobekovni „Nasaf“ jamoasidan ikki yarim milliard soʻmga xarid qilgani OAVlarda maʼlum qilingan. 2019-yil 14-mart kuni „Paxtakor“ jamoasi futbolchisi sifatida tanishtirilgan.

2021-yil 5-martda BAAning „Shabab Al Ahli“ jamoasi bilan shartnoma imzolagani eʼlon qilingan. 2021-yil 23-iyul kuni Xamrobekov Toshkentning „Paxtakor“ klubiga qaytib, 2022-yil oxirigacha shartnoma imzolagan. 2021-yilgi mavsum dekabr oyida Oʻzbekiston Superligasining Transfermarkt talqiniga koʻra eng qimmat ikki futbolchisidan biriga aylangan.

2024-yil 30-yanvarda Namanganning „Navbahor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2025-yil 19-iyulda Eronning Traktorsozi klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.

Xalqaro

Odiljon 2013-yilda BAAda boʻlib oʻtgan yoshlar (17 yoshgacha) jahon chempionatida Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi safida toʻp surgan, Oʻzbekiston yoshlari 1/8 finalgacha yetib borgan, shuningdek, yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ham ishtirok etgan. U Oʻzbekiston yoshlar (20 yoshgacha) terma jamoasi bilan birga 2015-yilda Yangi Zelandiyada oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etib, Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi chorak finalga qadar yetib borgan. 2018-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston yoshlar (23 yoshgacha) terma jamoasi bilan birga yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida Osiyo chempioni boʻlgan va musoboqada sherilariga eng koʻp pas bergan futbolchiga aylangan.

2015-yildan Oʻzbekiston terma jamoasiga jalb etilgan. Xamrobekov 2017-yilning noyabr oyida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut oʻyinini oʻtkazgan. Keyin Urugvay, Marokash, Senegal, Eron, Janubiy Koreya va Qatar terma jamoalari bilan oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushgan. U 2019-yilgi Osiyo Kubogida ishtirok etadigan Oʻzbekiston terma jamoasining yakuniy tarkibiga kiritilgan.

2024-yilning 3-fevral kuni Qatar terma jamoasiga qarshi oʻyinda gol urgan.

Futbol boʻyicha 2026-yilgi jahon chempionati uchun Oʻzbekiston terma jamoasi qaydnomasidan oʻrin olgan.

Faoliyat statistikasi

Klub

O'yinlar 2021-yil 6-mart xolatiga ko'ra
Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Liga kubogi Kontinental Boshqa Jami
Boʻlim Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Paxtakor Toshkent 2019 Oʻzbekiston Superligasi 20 0 4 0 1 1 7 0 - 32 0
2020 21 0 4 0 - 8 0 - 33 0
Jami 41 0 8 0 1 1 15 0 - - 65 1
Shabab Al Ahli 2020-21 BAA Pro ligasi 8 0 0 0 0 0 - - 8 0
Karyera jami 49 0 8 0 1 1 15 0 - - 73 1

Xalqaro

Oʻzbekiston terma jamoasi
Yil Oʻyin Gol
2017 1 0
2018 8 0
2019 8 0
2020 1 0
2021 5 0
2022 9
2023 5
Jami 39 0

2023-yil 20-iyun kuni oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika

Yutuqlar

Klub

Nasaf

Paxtakor

Shabob al-Ahli
  • BAA Liga kubogi: 2020/2021
  • BAA Prezidenti kubogi: 2020/2021

Xalqaro

  • U-23 Osiyo chempionati: 2018-yil

Individual

  • U-23 Osiyo chempionatining eng yaxshi futbolchisi: 2018

Mukofotlari

2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Yuqori