![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Abduvohid Furqat oʻgʻli Nematov | ||
| Tavallud sanasi | 2001-yil 20-mart | ||
| Tavallud joyi | Jizzax, Oʻzbekiston | ||
| Boʻyi | 1.83 cm (1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Darvozabon | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Nasaf | ||
| Raqami | 35 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| Nasaf | |||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2017— | Nasaf | 101 | (2) |
| Milliy terma jamoa‡ | |||
| 2017 | Oʻzbekiston U-17 | 3 | (0) |
| 2019—2021 | Oʻzbekiston U-20 | 3 | (0) |
| 2019—2024 | Oʻzbekiston U-23 | 7 | (0) |
| 2020— | Oʻzbekiston | 7 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2024-yil 13-noyabr (utc) uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (1-yanvar 2023 (utc) uchun) | |||
Abduvohid Neʼmatov (2001-yil 20-martda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, Nasaf klubi va futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni.
Futbolchilik faoliyati
Qarshi shahrining „Nasaf“ klubi tarbiyalanuvchisi. 2017-yilgi mavsumda ilk bor oʻyinlarda „Nasaf“ jamoasi qaydnomasidan oʻrin olgan. 2019-yilning 26-aprel kuni Olmaliqning „OKMK“ jamoasiga qarshi professional debyut oʻyinini oʻtkazgan. Nasaf jamoasidagi faoliyati davomida Oʻzbekiston Superligasning bir necha bor oy murabbiyi tanlovida gʻolib boʻlgan. „Nasaf“ jamoasi bilan birgalikda uch marta Oʻzbekiston Kubogi sohibi, ikki marta Oʻzbekiston Superkubogida gʻolib boʻlgan. Abduvohid Qarshi jamoasi tarkibida klublar oʻrtasidagi Osiyo musoboqalarida 19 ta oʻyinda ishtirok etgan.
Xalqaro
Oʻzbekiston U23 terma jamoasi aʼzosi sifatida 2020 (toʻrtinchi oʻrin), 2022 (ikkinchi oʻrin) va 2024-yillarda (ikkinchi oʻrin) yoshlar terma jamoalari oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etgan. 2024-yilgi turnir davomida Neʼmatov finalda Yaponiya jamoasiga qarshi oʻyinda bor-yoʻgʻi bitta gol oʻtkazib yuborgan va musobaqa natijalariga koʻra u eng yaxshi darvozabon deb topilgan.
Neʼmatov Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi debyutini 2020-yilning 3-sentyabr kuni Tojikistonga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazgan. 2023-yilgi CAFA Millatlar Kubogi ishtirokchisi. Abduvohid Oʻzbekiston terma jamoasining Qatarda boʻlib oʻtgan 2023-yilgi Osiyo Kubogi uchun qaydnomasiga kiritilgan, ammo turnirda birorta ham oʻyin oʻtkazmagan.
Futbol boʻyicha 2026-yilgi jahon chempionati uchun Oʻzbekiston terma jamoasi qaydnomasidan oʻrin olgan.
Yutuqlar
Klub
- Nasaf
- Oʻzbekiston Superligasi gʻolibi: 2024
- Oʻzbekiston Superligasi ikkinchi oʻrin sohibi: 2017, 2020, 2023
- Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2021, 2022, 2023
- Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2023, 2024, 2025
Shaxsiy
- Osiyo Kubogining eng yaxshi darvozaboni (23 yoshgacha): 2024
Mukofotlari
2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
- 20-martda tugʻilganlar
- 2001-yilda tugʻilganlar
- Jizzaxda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol darvozabonlari
- Nasaf klubi futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari
- 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar
- FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari
- „Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlanganlar
