![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Oʻtkir Davlatbekovich Yusupov | ||
| Tavallud sanasi | 1991-yil 4-yanvar | ||
| Tavallud joyi | SayramQozogʻiston SSR | ||
| Boʻyi | 1.85 cm (1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Darvozabon | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Navbahor | ||
| Raqami | 1 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2009—2010 | Paxtakor | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2012—2013 | Mashʼal | 4 | (0) |
| 2014—2015 | Nasaf | 18 | (0) |
| 2016—2017 | Neftchi | 38 | (0) |
| 2018—2019 | Qoʻqon 1912 | 32 | (0) |
| 2019—2024 | Navbahor | 139 | (0) |
| 2024—2025 | Foolad F.C. | 29 | (0) |
| 2026— | Navbahor | 18 | (0) |
| Milliy terma jamoa‡ | |||
| 2018— | Oʻzbekiston | 43 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2026-yil 7-mart uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2025-yil 19-noyabr uchun) | |||
Oʻtkir Yusupov (qozoqcha: Юсупов, Уткир Давлатбекович; 1991-yil 4-yanvar, Sayram, Qozogʻiston) – oʻzbekistonlik futbolchi, Namanganning Navbahor klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni. Oʻtkir uygʻur millatidan.
Futbolchilik faoliyati
U kattalar futbolidagi debyutini 2012-yilda „Mashʼal“ klubi safida oʻtkazgan va u yerda ikki mavsum oʻtkazib, 4 ta chempionat oʻyinida qatnashgan.
„Nasaf“ klubi murabbiylar shtabining eʼtiboriga ega boʻlib, u 2014-yilda jamoaga kelib qoʻshildi. Futbolchilik faoliyatining keyingi ikki mavsumini Qarshi shahri jamoasida oʻtkazgan.
2016-yilda „Neftchi“ (Fargʻona) klubi bilan shartnoma imzolagan va futbolchilik faoliyatining keyingi ikki yilini Fargʻona jamoasi tarkibida oʻtkazgan.
„Qoʻqon 1912“ jamoasi safiga 2018-yilda qoʻshilgan. Bir mavsum davomida Qoʻqon jamoasida 32 ta oʻyinda ishtirok etgan. 2019-yilning 24-yanvar kuni u Namanganning „Navbahor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.
2024-yil 26-iyulda Eron Fors koʻrfazi Pro ligasi ishtirokchisi, Xuzistonning „Foolad“ jamoasiga 300 ming yevroga transfer qilingani eʼlon qilingan.
2026-yilgi mavsumda Timur Kapadze boshchiligidagi Navbahor klubiga qaytgan.
Xalqaro faoliyati
2018-yilning 16-oktyabr kuni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida Qatar terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut uchrashuvini oʻtkazgan.
Yusupov Oʻzbekiston terma jamoasining 2019-yilda Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib oʻtgan Osiyo Kubogi qaydnomasiga kiritilgan. 2023-yilgi Qatarda oʻtkazilgan AFC Osiyo kubogida asosiy darvozabon sifatida ishtirok etgan va 5 ta oʻyinda oʻynagan.
Futbol boʻyicha 2026-yilgi jahon chempionati uchun Oʻzbekiston terma jamoasi qaydnomasidan oʻrin olgan.
Karyera statistikasi
Xalqaro
| Oʻzbekiston terma jamoasi | ||
|---|---|---|
| Yil | Isht | Gol |
| 2018 | 1 | 0 |
| 2019 | 0 | 0 |
| 2020 | 0 | 0 |
| 2021 | 1 | 0 |
| 2022 | 9 | 0 |
| 2023 | 10 | 0 |
| 2024 | 6 | 0 |
| Jami | 27 | 0 |
2023-yil 11-oktyabr holatiga koʻra
Yutuqlari
Klub
- Oʻzbekiston Kubogi sohibi: (1) 2015
- Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2022
- Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: (1) 2013
Mukofotlari
2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
- 4-yanvarda tugʻilganlar
- 1991-yilda tugʻilganlar
- Sayramda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol darvozabonlari
- Mashʼal klubi futbolchilari
- Nasaf klubi futbolchilari
- Neftchi (Fargʻona) futbolchilari
- Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari
- Navbahor futbolchilari
- Foolad F.C. futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari
- Eron Pro ligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2019 futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- Erondagi muhojir erkak futbolchilar
- „Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlanganlar
- FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari
