| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Tavallud sanasi | 1988-yil 21-avgust | ||
| Tavallud joyi | Pljevlja, Yugoslaviya SFR | ||
| Boʻyi | 1.88 m (6 ft 2 in) | ||
| Ampluasi | Himoyachi | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2005–2006 | Red Star Belgrade | ||
| 2006–2007 | Chiasso | ||
| 2007 | Chievo | ||
| 2007–2008 | Internazionale | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2007–2009 | Internazionale | 0 | (0) |
| 2008–2009 | → Vicenza | 7 | (0) |
| 2009 | → Salernitana | 17 | (0) |
| 2009–2011 | Genoa | 10 | (1) |
| 2010–2011 | → Cesena | 2 | (0) |
| 2011–2013 | Chievo | 0 | (0) |
| 2011–2012 | → Empoli | 3 | (0) |
| 2012–2013 | → Verona | 4 | (0) |
| 2013 | → Lecce | 3 | (0) |
| 2013 | Vojvodina | 2 | (0) |
| 2014 | Rudar Pljevlja | 12 | (1) |
| 2015 | Sarawak FA | 25 | (3) |
| 2016–2017 | Sloboda Tuzla | 9 | (0) |
| 2017 | Shkupi | 4 | (0) |
| 2018–2019 | Samtredia | 3 | (0) |
| 2019 | Buxoro | 6 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2007–2010 | Chernogoriya U21 | 9 | (0) |
| 2009–2011 | Chernogoriya | 6 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (14-iyun uchun) | |||
Ivan Fatić (kirillcha: Ivan Fatiћ; talaffuzi: Ivan Fatich; 1988-yil 21-avgustda tugʻilgan) – chernogoriyalik sobiq futbolchi. Himoyachi va yarim himoyachi sifatida oʻynagan. Rudar Plyevlyaning yosh toifadagi klubi murabbiyi
Klub faoliyati
Fatić faoliyatini Red Star Belgrad klubida boshlagan. Keyinchalik Chiasso, Chievo klublarida oʻynagan. 2007-yilning 4-iyulida A Seriyasi vakili boʻlmish „Internazionale“ klubiga 170 000 yevro evaziga oʻtgan.
Oʻzining ilk proffesional klubidagi rasmiy debyutini 2007-yil 19-dekabrda Regjina Calsio klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. 2008-yil 9-iyunda „Internazionale“ Fatićni 2008—2009-yilgi mavsum uchun Vichensaga ijaraga berganini eʼlon qildi.
2009-yilning iyun oyida Chievo „Inter“ning futbolchidagi 50% ulushini sotib oldi. Keyin „Genoa“ himoyachi huquqlarining yarmini „Chievo“dan sotib oldi. Bu Diego Milito va Thiago Mottaning „Internazionale“ga oʻtishi kelishuvning bir qismi boʻlgan. Oʻsha paytda uning shartnoma qiymatining yarmi 200 000 yevroga baholangan. U „Genoa“da bir mavsum oʻtkazdi va 3-5-2 sxemasida himoyachi va qanot himoyachisi sifatida oʻynadi. 2010-yilning 26-iyulida Fatić bilan birgalikda egalik qilish shartnomasi yangilandi va shartoma boʻyicha Ivan Genoada qolishi kerak edi. Biroq, 2010-yil Cesenaga ijaraga berildi. Klub bilan faqatgina 2010—2011-yilgi mavsumda oʻynadi.
2011-yil iyun oyida Chievo Fatićni 200 000 yevroga sotib oldi. Oʻsha haftada „Genoa“ ham himoyachi Francesco Acerbini „Chievo“ga 2 million yevroga sotib, Kévin Constant „Genoa“ga 7,8 million yevroga oʻtgan edi. 2011-yil 31-avgustda Fatić Empoli klubiga oʻtdi. Empolidan qaytgach, Hellas Verona FCga ijaraga berildi.
2013-yil 31-yanvarda U. S. Lecce klubiga oʻtdi.
2013-yilning 28-iyulida Fatić 2+1 yillik shartnoma asosida „Voyvodina“ga qaytdi. 2013-yil 10-oktyabrda shartnoma bekor qilindi.
2014-yil noyabr oyida Malayziya Superligasi vakili Sarawak FA bilan shartnoma imzoladi. 2016-yilning 1-iyulida Bosniyaning „Slobodan Tuzla“ klubiga oʻtdi. Mavsum oxirida Shkupiga oʻtdi. 2018—2019-yillarda Samptedia klubida oʻynadi. Shu mavsum Oʻzbekiston superligasi vakili Buxoro klubi bilan shartnoma imzoladi
Xalqaro faoliyati
Fatić Chernogoriya terma jamoasi safida debyutini 2009-yil iyun oyida FIFA Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Kiprga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Terma jamoada jami 6 ta oʻyinda maydonga tushib, birorta ham gol urolmagan.
- 21-avgustda tugʻilganlar
- 1988-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Chernogoriyalik erkak futbolchilari
- Buxoro klubi futbolchilari
- Inter Milan futbolchilari
- LR Vicenza futbolchilari
- US Salernitana 1919 futbolchilari
- Genoa CFC futbolchilari
- AC Cesena futbolchilari
- AC ChievoVerona futbolchilari
- Empoli FC futbolchilari
- Hellas Verona FC futbolchilari
- US Lecce futbolchilari
- FK Vojvodina futbolchilari
- FK Rudar Pljevlja futbolchilari
- Sarawak FA SFT futbolchilari
- FK Sloboda Tuzla futbolchilari
- KF Shkupi futbolchilari
- FC Samtredia futbolchilari
- Serie A futbolchilari
- Serie B futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Chernogoriyalik muhojir erkak futbolchilar
- Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar
- Italiyadagi muhojir futbolchilar
- Gruziyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Serbiyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Malayziyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Bosniya va Gersegovinadagi muhojir erkak futbolchilar
- Shimoliy Makedoniyadagi muhojir erkak futbolchilar