Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Buff opera — italyan komik (hazilmutoyiba) operasi. Hajmi kichikligi, oʻzgarishlarga boy mazmuni, qahramonlarining kulgili va jonli harakatlari, musiqa uslubini

Buff opera

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Buff opera — italyan komik (hazilmutoyiba) operasi. Hajmi kichikligi, oʻzgarishlarga boy mazmuni, qahramonlarining kulgili va jonli harakatlari, musiqa uslubining milliy qoʻshiqchilik an’analariga yaqinligi bilan ajralib turadi. Ilk namunalari operaseria ("jiddiy opera")ning ikki parda oʻrtasidagi intermediya tarzida ijro etilgan. XVIII asrning 30- yillarida J. Pergolezi (1710—36) ijodida paydo boʻlgan. Keyinchalik N. Pichchini, J. Paiziyello, D. Chimaroza va boshqa ijodida rivoj topgan. Buff opera uslubi XIX asrmusiqasida (J. Rossini, "Sevilya sartaroshi" va boshqalar), XX asr opera san’atida (S. Prokofev, "3 apelsinga muhabbat" va boshqalar) ham oʻz aksini topgan. Oʻzbekistonda Buff opera an’analari negizida S. Yudakov "Maysaraning ishi" — ilk oʻzbek komik operasini yozgan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Yuqori