Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Amin Hamrayevich Tojiev — qoraqalpoq davlat arbobi. 1989-yil iyuldan 1992-yil yanvargacha Qoraqalpogʻiston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi Vazirlar Kenga

Amin Tojiyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Amin Tojiyev
Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi raisi
Mansab davri
1989-yil iyuldan  1992-yil yanvargacha
Oʻtmishdoshi Sagindik Niyetullayev
Vorisi Rajabboy Yoʻldoshev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 12-aprel 1947-yil
Vafoti 4-iyun 2026-yil(2026-06-04)
(79 yoshda)
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Amin Hamrayevich Tojiev — qoraqalpoq davlat arbobi. 1989-yil iyuldan 1992-yil yanvargacha Qoraqalpogʻiston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi.

Tarjimai hol

Amin Xamrayevich 1983-yil 23-martda qishloq xoʻjaligi vaziri etib tayinlangan.

1989-yil iyuldan 1992-yil yanvargacha Qoraqalpogʻiston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining 10-sessiyasida „boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan“ egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

2006-yil 6-apreldan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi, muvofiqlashtiruvchi qoʻmita aʼzosi.

Amin Tojiyev „Qoraqalpogʻistondagi Amudaryo deltasida toʻqay oʻrmonlarini saqlash va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini mustahkamlash“ loyihasini amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi qoʻmita birinchi yigʻilishida ishtirok etgan.

Oilasi

Oʻgʻli — Tojiev Erkin Aminovich, 2022-yil 22-iyuldan Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori. Tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati prokurori vazifasida ishlagan.

Mukofotlari

  • Mehnat shuhrati ordeni
  • El-yurt hurmati ordeni (28.08.2020)
Yuqori