| Qasos | |
|---|---|
![]() | |
| Rejissyor(lar) | Bahrom Berdiyev |
| Prodyuser(lar) | Umid Zokirov |
| Ssenariy muallif(lar)i | Sherzod Oʻlmasov |
| Rollarda | Ulugʻbek Qodirov Gulchexra Eshonqulova Umid Zokirov Furqat Fayziyev Ubaydullo Omon Seydulla Moldaxanov Murod Rajabov Bobur Yoʻldoshev Bekzod Tojiyev Xoshim Arslonov Aleksey Pechkurov Sardor Zoirov |
| Operator(lar) | Anvar Nodirov |
| Studiya | Zamin Film Fortuna Cinema |
| Mamlakat | |
| Til | oʻzbekcha |
| Byudjet | $100,000 |
Qasos — 2011-yilda surʼatga olingan oʻzbek filmi. Filmda Ulugʻbek Qodirov, Murod Rajabov kabi mashhur aktyorlar surʼatga tushishgan. Film byudjeti $100,000.
Filmning sujeti
Ushbu kino ikki aka-uka — Baxrom va Umid haqida hikoya qiladi. Katta akasi Baxrom ukasi uchun jonini berishga ham tayyor boʻladi. Ota-onasi vafotidan soʻng, ukasiga gʻamxoʻrlik qilish Baxromning yelkasiga tushadi. U ukasiga ovqat pishirib beradi, uni universitetga uygʻotadi va oʻqish uchun pul toʻlaydi. Baxrom ukasiga juda mehribon boʻladi. Baxromning oʻzi uylanmagan, u ukasi bilan bitta kvartirada yashaydi. U eng yaxshi moshina ustasi sifatida tanilgan, oʻzining avtoservisiga ega. Nazira chiroyli va aqlli, shuningdek yosh qiz. U Baxrom va Nazirani tanishtirishga muvaffaq boʻldi. Ularning qisqa uchrashuvida Nazira Baxromga yoqdi. Kino Baxrom, Nazira va Umid hayoti haqida hikoya qiladi.
Aktyorlar
| Aktyor | Rol |
|---|---|
| Ulugʻbek Qodirov | Baxrom |
| Gulchexra Eshonqulova | Nazira |
| Bobur Yoʻldoshev | Umid |
| Umid Zokirov | Shohrux |
| Sardor Zoirov | Otabek |
| Murod Rajabov | Poʻlat aka |
| Ubaydullo Omon | |
| Furqat Fayziyev | Xamid |
| Seydulla Moldaxanov | |
| Bekzod Tojiyev | |
| Xoshim Arslonov | Polkovnik |
- Oʻzbek tilidagi filmlar
- Oʻzbekiston filmlari
- 2011-yil filmlari
- Filmlar haqidagi chala maqolalar
