| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Li Xuepeng | ||
| Tavallud sanasi | 1988-yil 18-sentyabr | ||
| Tavallud joyi | Dalian, Liaoning, Xitoy | ||
| Boʻyi | 1.84 m | ||
| Ampluasi | Himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Guangzhou Evergrande | ||
| Raqami | 35 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2004—2007 | Dalian Shide | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2007—2012 | Dalian Shide | 98 | (3) |
| 2007—2008 | → Citizen (Ijara) | 1 | (0) |
| 2013—2014 | Dalian Aerbin | 34 | (1) |
| 2014 | Guangzhou Evergrande | 91 | (0) |
| Milliy terma jamoa‡ | |||
| 2010 | Xitoy | 32 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (31-dekabr 2020-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (20-iyul 2019-yil uchun) | |||
Li Xuepeng (talaffuzi: Li Syuepen) (1988-yil 18-sentyabrda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozir Xitoy Superligasining „Guangzhou Evergrand“ jamoasida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
Li Xuepeng futbolchilik faoliyatini 2007-yilgi mavsumda Dalian Shidening asosiy jamoasiga koʻtarilganida boshlagan. U klubdagi debyutini 2007-yilning 9-avgustida Qingdao Jonunga qarshi oʻyinda (2:1) oʻtkazgan. Li klub uchun birinchi golini 2007-yilning 4-noyabrida „Xanzhou Grintaun“ga qarshi oʻyinda (1:1) kiritgan. Bu 2007-yilgi mavsum oxirida Birinchi divizion ligasining „Citizen“ jamoasiga ijaraga berilishiga olib kelgan. 2007-yilning 2-dekabrida „Happy Valley“ga qarshi oʻyinda klub uchun debyut qilgan. Li 2008-yilgi mavsum boshida Dalianga qaytgan. 2009-yilgi mavsum boshida u oʻzining yarim himoyada yoki himoyada oʻynash qobiliyati tufayli jamoaning muhim aʼzosiga aylangan. Li 2012-yilgi mavsumda klubdagi asosiy oʻrnini yoʻqotgan va butun mavsum davomida atigi uchta oʻyinda maydonga tushgan. 2013-yil yanvar oyida Dalian Shide offseasonda tarqab ketganidan keyin Li Dalian Aerbinga oʻtgan.
2014-yil 10-iyunda Li jamoadoshi Yu Hanchao bilan birga Xitoy Superligasi vakili Guangzhou Evergrandga oʻtgan. U klubdagi debyutini 2014-yil 27-iyulda Henan Jianyega qarshi 1:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda, 70-daqiqada Liu Jianning oʻrniga maydonga tushgan holda oʻtkazgan. U 2016-yil 23-iyunidan soʻng bosh murabbiy Luiz Felipe Skolari matbuot anjumanida Lidan boshqa hech qachon foydalanmasligini aytganidan soʻng u „Guangzhou“ jamoasidan chetlashtirilgan. Bir necha hafta oʻtgach, Li 2016-yil 9-avgustda Skolari bilan yarashganidan soʻng Beijing Guoanga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushgan.
Xalqaro faoliyati
Li Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2010-yilning 4-iyunida Fransiyaga qarshi bahsda (1:0) oʻtkazgan u Du Vey oʻrniga zahiradan maydonga tushgan. Keyin u 2011-yilgi Osiyo Kubogida Oʻzbekistonga qarshi oʻyinda (2:2) ishtirok etgan terma jamoaning asosoiy tarkibida maydonga tushgan.
Shaxsiy hayoti
Li Xuepeng xitoylik sobiq futbolchi Li Xitsayning oʻgʻli.
Faoliyat statistikasi
Klub statistikasi
| Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat Kubogi | Liga Kubogi | Qitʼa | Boshqa | Jami | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
| Dalian Shide | 2007 | Xitoy Super Ligasi | 5 | 1 | - | - | - | - | 5 | 1 | ||||
| 2008 | 24 | 2 | - | - | - | - | 24 | 2 | ||||||
| 2009 | 23 | 0 | - | - | - | - | 23 | 0 | ||||||
| 2010 | 24 | 0 | - | - | - | - | 24 | 0 | ||||||
| 2011 | 19 | 0 | 0 | 0 | - | - | - | 19 | 0 | |||||
| 2012 | 3 | 0 | 0 | 0 | - | - | - | 3 | 0 | |||||
| Jami | 98 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 98 | 3 | ||
| Citizen (Ijara) | 2007—2008 | Birinchi Divizion | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | - | - | 1 | 0 | ||
| Dalian Aerbin | 2013 | Xitoy Super Ligasi | 23 | 1 | 4 | 0 | - | - | - | 27 | 1 | |||
| 2014 | 11 | 0 | 0 | 0 | - | - | - | 11 | 0 | |||||
| Jami | 34 | 1 | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 38 | 1 | ||
| Guangzhou Evergrande | 2014 | Xitoy Super Ligasi | 6 | 0 | 0 | 0 | - | 1 | 0 | - | 7 | 0 | ||
| 2015 | 13 | 0 | 0 | 0 | - | 8 | 0 | 3 | 0 | 24 | 0 | |||
| 2016 | 12 | 0 | 4 | 0 | - | 5 | 0 | 1 | 0 | 22 | 0 | |||
| 2017 | 17 | 0 | 3 | 0 | - | 8 | 0 | 1 | 0 | 29 | 0 | |||
| 2018 | 27 | 0 | 0 | 0 | - | 8 | 0 | 1 | 0 | 36 | 0 | |||
| 2019 | 13 | 0 | 1 | 0 | - | 7 | 0 | - | 21 | 0 | ||||
| 2020 | 3 | 0 | 0 | 0 | - | 0 | 0 | - | 3 | 0 | ||||
| Jami | 91 | 0 | 8 | 0 | 0 | 0 | 37 | 0 | 6 | 0 | 142 | 0 | ||
| Karyerada jami | 224 | 4 | 12 | 0 | 0 | 0 | 37 | 0 | 6 | 0 | 279 | 4 | ||
Xalqaro statistika
| Milliy terma jamoa | ||
|---|---|---|
| Yil | Oʻyin | Gol |
| 2010 | 3 | 0 |
| 2011 | 6 | 0 |
| 2012 | 0 | 0 |
| 2013 | 3 | 0 |
| 2014 | 5 | 0 |
| 2015 | 0 | 0 |
| 2016 | 5 | 0 |
| 2017 | 5 | 0 |
| 2018 | 5 | 0 |
| Jami | 32 | 0 |
Yutuqlar
Klub
- Xitoy Superligasi : 2014, 2015, 2016, 2017, 2019
- Osiyo Chempionlar Ligasi : 2015-yil
- Xitoy FA kubogi : 2016
- Xitoy FA Superkubogi : 2016, 2017, 2018
Shaxsiy yutuqlari
- Xitoy Superligasining eng yaxshi jamoasi: 2018-yil
- 18-sentyabrda tugʻilganlar
- 1988-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Xitoylik erkak futbolchilar