Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Botir Erkinovich Zohidov (Ботир Эркинович Зоҳидов) – oʻzbekistonlik iqtisodchi va davlat arbobi, 2024-yil 23-sentyabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Kambag

Botir Zohidov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Botir va familiyasi Zohidov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Botir Zohidov
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri
Mansab davri
2024-yil 23-sentyabrdan  hozirgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Behzod Musayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1982-yil 24-iyul (1982-07-24) (43 yosh)
Toshkent, OʻzSSR

Botir Erkinovich Zohidov (Ботир Эркинович Зоҳидов) – oʻzbekistonlik iqtisodchi va davlat arbobi, 2024-yil 23-sentyabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri.

Biografiyasi

1982-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Fizik-oʻqituvchi, Oʻzbekiston Prezidentining sobiq maslahatchisi Erkin Zohidovning farzandi.

2003-yilda Toshkent moliya institutini, 2008-yilda Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.

2004-yildan 2022-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida boʻlim bosh mutaxassisligidan Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosarigacha boʻlgan lavozimlarda ishladi.

2022-yil 19-sentyabrdan 2024-yil 23-sentyabrgacha Toshkent shahrining Shayxontohur tumani hokimi boʻlgan.

Yuqori