| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Tavallud sanasi | 1997-yil 18-aprel | ||
| Tavallud joyi | Riyeka, Xorvatiya | ||
| Boʻyi | 1.83 m (6 ft 0 in) | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Kisvárda | ||
| Raqami | 21 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2002–2008 | Crikvenica | ||
| 2008–2016 | Rijeka | ||
| 2015 | → Juventus (loan) | ||
| 2015–2016 | → Spezia Calcio (loan) | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2016–2017 | Siena | 0 | (0) |
| 2017–2019 | Gorica | 62 | (11) |
| 2019–2020 | en:NAC Breda | 15 | (1) |
| 2020–2021 | Mura | 32 | (4) |
| 2021 | Partizani | 6 | (0) |
| 2022 | Atyrau | 24 | (13) |
| 2023–2024 | Aktobe | 21 | (4) |
| 2024– | Kisvárda | 4 | (1) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2015 | Croatia U19 | 3 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2024-yil 17-fevral uchun) | |||
Andrija Filipovich (1997-yil 18-aprel, Riyekada tugʻilgan) – xorvatiyalik professional futbolchi, Vengriyaning Kisvarda klubida hujumchi pozitsiyasida oʻynaydi.
Klub karerasi
Riyeka shahrida tugʻilgan Filipovich 2015-yilda HNK Rijeka yoshlar jamoasidan „Yuventus“ klubining yoshlar tizimiga qabul qilingan. 2015-yilning ikki davrasida Spezia Calcio yoshlar jamoasi tarkibida oʻtkazgan. 2016-yilgi mavsumda ilk professional faoliyatini Siena jamoasi tarkibida boshlagan, 2017-yil fevral oyida Sloveniyaning ND Gorica klubi bilan shartnoma imzolagan. 2019/2020 mavsumi oxirigacha Gorica jamoasi safida 62 ta oʻyinida maydonga tushib, 11 ta gol urgan.
Filipovich 2019-yilning yozida Eerste Divisie ligasi ishtirokchisi NAC Breda klubiga qoʻshilgan. Breda jamoasi tarkibida 15 oʻyin oʻtkazib, bir gol muallifiga aylangan. 2020-yil 31-yanvarda Sloveniyaning „NŠ Mura“ jamoasi bilan 2022-yil oxirigacha tuzilgan shartnomasi asosida yangi klubga oʻtgan. Biroq uning shartnomasi 2021-yilning avgustida oʻzaro bekor qilingan.
2021-yilning sentabrida Filipovich Albaniyaning „Partizani“ klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. U kalendar yili oxirida klubni tark etdi, Albaniya jamoasi safida barcha musobaqalarda 10 ta oʻyinda ikkita gol urdi.
2022-yil fevral oyida Filipovich Qozogʻiston Premyer-ligasi klubi „Atirau“ kluib bilan shartnoma imzolagan.
2023-yilning 13-fevralida Filipovich Qozogʻiston Premyer-ligasining boshqa klubi „Aktobe“ bilan shartnoma imzolagan. 2024-yilning 24-yanvarida „Aktobe“ klubini tark etganini eʼlon qilgan. 2024-yil 23-yanvarda Kisvarda Filipovich bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. 2024-yil 25-iyulda Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasi bilan yarim yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilingan.
Terma jamoadagi faoliyat
Filipovich Xorvatiyaning 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi safida 2015-yilda Chernogoriyaga qarshi m UEFA U-19 Yevropa chempionati saralashida maydonga tushgan va jamoasi bilan 3:1 hisobida gʻalaba qozongan.
Yutuqlar
Mura
- Sloveniya PrvaLiga : 2020/2021
- Sloveniya kubogi : 2019/2020
- 18-aprelda tugʻilganlar
- 1997-yilda tugʻilganlar
- Riyekada tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Xorvatiyalik erkak futbolchilar
- Futboldagi erkak hujumchilar
- Aktobe futbolchilari
- FC Atirau futbolchilari
- Bunyodkor klubi futbolchilari
- Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Xorvatiyalik muhojir erkak futbolchilar
- Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Vengriyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar
- Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar
- Alifbo boʻyicha sportchilar