Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Mark Karni (inglizcha: Mark Carney; 1965-yil 16-mart, Fort-Smit, Shimoliy-gʻarbiy hududlar, Kanada) – kanadalik va britaniyalik iqtisodchi va bankir, Kanada Bos

Mark Karni

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mark Karni
inglizcha: Mark Carney
 24-Kanada Bosh vaziri
 
Mansab davri
2025-yil 14-mart  hozirgacha
Monarx Karl III
Gubernator Mery Seymon
Oʻtmishdoshi Jastin Tryudo
 Kanada Liberal Partiyasi raisi
 
Mansab davri
2025-yil 9-mart  hozirgacha
Oʻtmishdoshi Jastin Tryudo
120-Angliya banki boshqaruvchisi
Mansab davri
2013-yil 1-iyul  2020-yil 15-mart
Oʻtmishdoshi Mervin King
Vorisi Endryu Beyli
Kanada banki boshqaruvchisi
Mansab davri
2008-yil 1-fevral  2014-yil 3-iyun
Oʻtmishdoshi Devid Doj
Vorisi Stiven Poloz
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1965-yil 16-mart (1965-03-16) (61 yosh)
Fort-Smit
Fuqaroligi IrlandiyaKanadaBirlashgan Qirollik
Siyosiy partiyasi Liberal Partiya
Turmush oʻrtogʻi
Diana Foks (turm. 1994)
Bolalari 4 nafar qiz
Alma mater Garvard universiteti (SB)
Avliyo Pyotr kolleji
Naffild kolleji, (Oksford)
Kasbi bankir
Ilmiy unvoni Falsafa magistri (MPhil)
Mukofotlari
Imzosi
Vebsayti http://markcarney.ca/

Mark Karni (inglizcha: Mark Carney; 1965-yil 16-mart, Fort-Smit, Shimoliy-gʻarbiy hududlar, Kanada) – kanadalik va britaniyalik iqtisodchi va bankir, Kanada Bosh vaziri. 2025-yil 9-martdan Kanada Liberal partiyasi yetakchisi. 2008-yildan 2013-yilgach Kanada bankini boshqargan. 2013-yildan 2020-yilgacha Angliya bankining boshqaruvchisi boʻlgan.

Biografiya

Mark 1965-yil 16-martda Kanadaning shimoliy-gʻarbidagi Fort Smit shahrida tugʻilgan. 1988-yilda Garvard universitetini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 1993-yilda Oksford universiteti qoshidagi Avliyo Pyotr kollejida iqtisod yoʻnalishi boʻyicha magistrlik darajasini (MPhil) oladi, 1995-yilda esa shu universitetning Naffild kollejida doktorlik (DPhil) darajasini oladi va oʻsha yerda „Raqobatning dinamik afzalliklari“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi.

13 yil davomida Goldman Saks kompaniyasining London, Nyu-York, Toronto va Tokiodagi boʻlimlarida ishlaydi. U yerda suveren risk, rivojlanayotgan iqtisodlarda qarz kapitali va bank investitsiyalari masalalari boʻyicha shugʻullangan.

2003-yildan 2004-yilgacha Kanada bankida xalqaro masalalar boʻyicha boshqaruvchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan. 2004-yil noyabridan 2007-yil oktyabrigacha Kanada moliya departamentida faoliyat yuritgan.

2008-yil fevral oyida Kanada banki boshqaruvchisi etib tayinlanadi. 2010-yilda Karni G7 davlatlari ichida qayta moliyalash stavkasini oshirishga qaror qilgan yagona markaziy bank raisi boʻlgan edi.

2011-yildan 2018-yilgacha oʻzining asosiy faoliyati bilan bir qatorda Moliyaviy barqarorlik kengashi raisi ham boʻlgan. Shuningdek Oʻttizlik guruhi aʼzosi boʻlgan.

2013-yil 21-iyulda u Angliya banki boshqaruvchisi etib tayinlanadi va ushbu bank tarixidagi eng yosh boshqaruvchiga aylanadi. U Bank bilan 5 yilga moʻljallangan, yillik maoshi 624 ming funt sterling boʻlgan mehnat shartnomasi tuzadi. 2018-yilda Karnining shartnomasi 2020-yilning yanvariga qadar uzaytiriladi.

2018-yilning noyabrida Mark Irlandiya va Kanada fuqaroligidan tashqari Britaniya fuqaroligini ham oladi.

Katta yettilik davlatlari moliya vazirlari yigʻilishida, 2018-yil.

Amerikaning Jekson Xoul shahrida boʻlib oʻtgan 2019-yilgi AQSh Federal zaxira tizimining yillik konferensiyasida turli mamlakatlar markaziy banklari rahbarlari va Federal zaxira tizimi boʻlimlari rahbarlari bilan uchrashuv chogʻida Mark Karni dollarni jahon zaxira valyutasi sifatida yangi raqamli valyutaga almashtirishni taklif qiladi. Uning fikriga koʻra, koʻp qutbli dunyoga koʻp qutbli valyuta kerak. Global tovarlar savatiga asoslangan yangi raqamli valyuta jahon iqtisodiyotiga muvozanat olib keladi. Karni savdo urushlari butun dunyo boʻylab biznes sharoitlarini yomonlashtirmoqda, deb hisoblaydi.

2023-yil avgustidan Bloomberg direktorlar kengashi raisi etib tayinlanadi.

2025-yil yanvar oyida amaldagi partiya yetakchisi Bosh vazir Jastin Tryudo oʻzining isteʼfoga chiqishini eʼlon qilganidan soʻng u Kanada Liberal partiyasi yetakchiligiga oʻz nomzodini rasman eʼlon qiladi. Saylov poygasi davom etar ekan, Karni ichki saylovlarda favorit sifatida koʻrila boshlaydi. Uning asosiy raqibi sobiq moliya vaziri Xristiya Friland edi. Ijtimoiy soʻrovlar, agar u partiyaga rais etib saylana olsa, Tryudoning saylovlarda isteʼfoga chiqishi vaqtida shakllangan konservatorlar bilan oradagi katta farqni deyarli butunlay yoʻqqa chiqara olishini koʻrsatadi.

Mark turmush oʻrtogʻi Diana bilan.

2025-yil 9-martda Mark Kanada Liberal partiyasi yetakchisi etib saylanadi. 14-mart kuni Karni Kanadaning 24-bosh vaziri sifatida oʻzidan oldingi bosh vazir Jastin Tryudo isteʼfoga chiqqanidan keyin qasamyod qiladi.

Oilasi

Mark 1994-yil Diana Foks bilan turmush quradi. Ularning toʻrt nafar qizlari bor.

Yuqori