Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Isroil–Falastin mojarosi – Levantda hozirgi kungacha davom etib kelayotgan mojaro. XX asrning oʻrtasida boshlangan boʻlib, dunyodagi eng uzoq davom etib kelayot

Isroil–Falastin mojarosi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Isroil–Falastin mojarosi
Arab-Isroil mojarosi

Oslo kelishuvlarida belgilangan Falastin hududi xaritasi
Sanalar 14-may 1948-yil – hozirgacha
Urush yeri
  • Isroil
  • Falastin yerlari (Iordan daryosining gʻarbiy sohili (Gʻarbiy Sohil) va Gʻazo Sektori)
Holati Davom etmoqda
  • Isroil–Falastin tinchlik jarayoni (toʻxtab qolgan)
  • Gʻazo–Isroil mojarosi (tez-tez avj olib turadi)
Raqiblar
 Isroil  Falastin
  • Butunfalastin hukumati (1948–1959)
  • Falastin ozodlik tashkiloti (1964–bugun)
  • Andoza:Country data Falastin milliy maʼmuriyati (1994–bugun)

Boshqaruv (FMM):
Falastin Fatah (Iordan daryosining gʻarbiy sohili)
Hamas (Gʻazo Sektori)

Isroil–Falastin mojarosi – Levantda hozirgi kungacha davom etib kelayotgan mojaro. XX asrning oʻrtasida boshlangan boʻlib, dunyodagi eng uzoq davom etib kelayotgan mojarolardan biridir. Isroil–Falastin tinchlik jarayoni doirasida mojaroga hamda keng koʻlamli Arab-Isroil mojarosiga yechim topish uchun koʻplab chora koʻrilgan. Falastinda yahudiylar uchun vatan barpo etishga ommaviy chaqiriqlar, jumladan, 1897-yilda sodir boʻlgan Birinchi sionizm kongressi hamda 1917-yilda eʼlon qilingan Balfour deklaratsiyasi hududga yahudiylar immigratsiyasi fonida ilk ziddiyatlarni keltirib chiqargan. Ikkinchi jahon urushidan keyin Falastinda Britaniya mandati yuridik hujjatida „Falastinda yahudiy xalqi uchun milliy vatan yaratish“ majburiyati belgilangan. Tangliklar ortidan yahudiylar va arablar oʻrtasida ochiq mojaro boshlangan. 1947-yilgi Falastinni boʻlish boʻyicha BMT rejasi amalga oshmagan va 1947–1949-yilgi Falastin urushiga turtki boʻlgan. Hozirgi kundagi status quo Isroil 1967-yilda sodir boʻlgan Olti kunlik urushda Falastin hududlari oʻlaroq maʼlum boʻlgan Iordan daryosining gʻarbiy sohili (Gʻarbiy Sohil) hamda Gʻazo sektori hududlarini harbiy okkupatsiya qilganidan keyin yuzaga kelgan.

Yuqori