Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

1987-1992-yillar — Oʻzbekiston Respublikasi davlat banki hisoblash markazi operatori, texnigi, dasturchi-mexanigi.

Sodiq Abdullayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abdullaev Sodik Sabitovich
Toshkent viloyati hokimi v.b.
Mansab davri
2016-yil 4-fevraldan  26-iyulacha
Oʻtmishdoshi Ahmadjon Usmonov
Vorisi Islom Ergashxoʻjayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1967-yil 23-noyabr (1967-11-23) (58 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston

Abdullayev Sodiq Sobitovich — 2016-yil fevral-avgust oylarida Toshkent viloyati hokimi.

Biografiyasi

1984-1985-yillar — Toshkent shahri 20-aloqa boʻlimi xat tashuvchisi.

1985-1987-yillar — Harbiy xizmatda.

1987-1992-yillar — Oʻzbekiston Respublikasi davlat banki hisoblash markazi operatori, texnigi, dasturchi-mexanigi.

1992-1995-yillar — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻquv boʻlimi iqtisodchisi, katta iqtisodchisi, boʻlim boshligʻi.

1995-1996-yillar — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki iqtisodiy axborotni tahlil qilish va statistika departamenti boʻlim. boshligʻi, kredit hisob-kitob munosabatlarini tahlil qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi.

1996-1997-yillar — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki iqtisodiy axborot va kredit hisob-kitob munosabatlarini tahlil qilish departamenti direktorining oʻrinbosari — boshqarma boshligʻi.

1997-1998-yillar — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki iqtisodiy axborot va kredit hisob-kitob munosabatlarini tahlil qilish departamenti direktori.

1998-2000-yillar — „Zamin“ davlat aksiyadorlik ipoteka banki boshqaruvi raisining oʻrinbosari.

2000-2001-yillar — „Zamin“ davlat aksiyadorlik ipoteka banki boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari.

2001-2007-yillar — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlari hisob-kitobi jamgʻarmasi direktori.

2007-2012-yillar — Toshkent viloyati hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari.

2012-2016-yillar — Toshkent viloyati Zangiota tumani hokimi.

2016-2016-yil - Toshkent viloyati hokimi.

2016-2017-yillar Yangiyoʻl tumani hokimi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi.

Yuqori