Transkripsiya (musiqada) - musiqa asarini boshqacha tarzda (mas., boshqa sozga moslab) ifodalash (aranjirovka) yoki virtuoz ruxda erkin qayta ishlash (konsert T.si). Yevropada XVI—XVII asrlarda paydo boʻlgan. XIX asrdan (asosan, fortepiano T.lari) eng ommabop konsert janrlaridan biriga aylangan (F. List, K. Tauzig, M. Balakirev, F. Kreysler, S. Raxmaninov va boshqalar). Sharq xalklari bastakorlik ijodida muayyan kuylar asosida asarlar yaratishda anʼanaviy usullardan biridir. Mas., "Ushshoq" kuyi asosida yaratilgan "Samarqand Ushshogʻi", "Ushshoqi Sodirxon", shuningdek "Qoʻqon Ushshogʻi", "Toshkent Ushshogʻi", "Umrzoq Polvon Ushshogʻi", "Fattohxon Ushshogʻi".
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |