Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Stevitsa Ristich (mkd. Stevitsa Ristik, srb. Stevica Ristik) – Makedoniyalik futbolchi. 1982-yilning 23-may kuni Yugoslaviyaning Vrshats shahrida tugʻilgan. Mak

Stevitsa Ristich

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)
Stevica Ristić
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 1982-yil 23-may (1982-05-23) (44 yosh)
Tavallud joyi Vršac, Yugoslaviya
Boʻyi 1.89 m (6 ft 2 in)
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2001–2002 Jedinstvo Vršac
2002–2003 Mladost Lukićevo 27 (8)
2003–2006 Sileks 107 (84)
2007–2009 Jeonbuk Hyundai Motors 35 (14)
2008–2009 → Pohang Steelers (ijara) 32 (13)
2010 Bunyodkor 17 (11)
2010–2011 Amkar Perm 23 (6)
2011–2013 Suwon Bluewings 61 (24)
2013 Shonan Bellmare 8 (1)
2014–2016 Jeonnam Dragons 84 (27)
2017 Temnić
Milliy terma jamoa
2007–2012 Shimoliy Makedoniya 17 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Stevitsa Ristich (mkd. Stevitsa Ristik, srb. Stevica Ristik) – Makedoniyalik futbolchi. 1982-yilning 23-may kuni Yugoslaviyaning Vrshats shahrida tugʻilgan. Makedon va Serb fuqaroligiga ega. Ampluasi hujumchi. Makedoniya milliy terma jamoasi va Janubiy Koreyaning Suvon Blyuings klubida oʻynagan.

Klub faoliyati

2010-yil avgust oyida Ristich Rossiya Premyer-ligasi jamoasi Amkar Perm bilan uch yillik shartnoma imzoladi.

Terma jamoadagi faoliyati

U 2007-yil fevral oyida Albaniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Makedoniya terma jamoasi safida oʻynashni tanladi va oʻzining debyutini oʻtkazdi va u darhol gol urdi. Stevica terma jamoada jami 17 oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urdi. Uning soʻnggi terma jamoasi 2012-yil oktyabr oyida Xorvatiyaga qarshi FIFA Jahon chempionati saralash bahsi edi.

Yutuqlar

Sileks

  • Makedoniya ligasi 2-oʻrinchisi: 2003–04

Poxang Stilers

  • Koreya Super kubogi: 2008
  • Liga kubogi: 2009
  • AFC Osiyo Chempionlar Ligasi gʻolibi: 2009

Bunyodkor

  • Oʻzbekiston kubogi gʻolibi: 2010

Shaxsiy hayot

Uylangan, ikki farzandi bor. Uning ayoli makedoniyalik.

Yuqori