| Makedon tili | |
|---|---|
| Fayl:Idioma macedonio. PNG | |
| Milliy nomi | Македонски јазик |
| Mamlakatlar | |
| Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 1,6 — 3,0 million. |
| Tartiblovchi tashkilot | Krste Misirkov makedon tili instituti |
| Turkumlanishi | |
| Turkum | Hind-yevropa tillari |
| Til oilasi | Balt-Slavyan tillari
|
| Alifbosi | Kirill yozuvi (Makedon alifbosi) |
| Til kodlari | |
| ISO 639-1 | mk |
| ISO 639-2 | mac |
| ISO 639-3 | mkd |
Makedon tili (maked.: македонски јазик) — hind-yevropa tillar oilasiga kiruvchi jan. slavyan tillaridan biri, Makedoniya Respublikasining rasmiy tili (2 mln. ga yaqin kishi soʻzlashadi). Lahjalari gʻarbiy, sharqiy, shim. guruhlarga boʻlinadi. Adabiy Makedon tilida 5 ta unli fonema (a, o, u, ye, i)dan tashqari, „r“ undoshi ham boʻgʻin hosil qiladi. Urgʻusiz boʻgʻinlar reduksiyasi uchramaydi. „X“dan boshqa barcha shovqinli undoshlar jaranglilikjarangsizlik boʻyicha oʻz juftiga ega. Undoshlar qatorida qattiq — yumshoqlik kuzatiladi. Otlarda kelishik qoʻshimchalari yoʻq, sintaktik munosabatlar analitik tarzda ifodalanadi. Feʼllar murakkab zamon shakllari tizimiga ega. Makedon tili alifbosi kirill yozuviga, imlosi esa fonetik qonun-qoidalarga asoslangan.
- Tillar
- Makedon tili