Hind tillari, hind-oriy tillari — hind-yevropi tillari oilasiga mansub, qal. hins gilidan kelib chiqqan genetik qaripdosh tillar guruhi; darl tillari va eroni tillar bilan birgalikda mazkur oila tarkibidagi hind-eroniy tillar tarmogʻini tashkil etadi. Hozirgi davrda Hind tillari Hindistonning shimoliy va markaziy huludlarida (hindiy, urlu, bengal. panjobi, marathiy, gujarot, oriya. assom, sindhi va boshqa tillar). Pokistonda (urdu, panjobi, sindhi va boshqalar), Bangladeshda (bengal).
Shri Lanka (singal) va Maldiv Respublikasida (maldiv) tarqalgan. Ushbu mintaqadan tashqarida tarqalgan loʻli toshi ham Hind tillari guruhiga mansubdir. Umuman, 90 dan ortiq jonli til va lahjalarda 800 mln.ga yaqin kishi soʻzlashadi (oʻtgan asrning 90-yillari oʻrtalari).
Hind tillari tarixi asosan 3 davrga boʻlinadi: eng qad. (taxminan miloddan avvalgi XII asrdan boshlanadi), oʻrta (miloddan avvalgi 1-ming yillikning oʻrtalaridan) va yangi davr (milodiy X asrdan keyin boshlangan). Ushbu davrlar Hind tillarining dastlabki sintetikflektiv holatidan asta-sekin fonetik-morfologik oʻzgarishlar natijasida analitik vositalarning, agglyutinativ tizimning paydo boʻlishi bilan farqlanib turadi.
Zamonaviy Hind tillari 20 dan ortiq yirik tillarni va baʼzan bir-biridan jiddiy farq qiluvchi koʻplab lahjalarni qamrab oladi. Bu tillarning dastlabki tasnifini XIX asrning 80-yillarida nemis olimi A. F. R. Xyornle taklif etgan va XX asrning 20-yillarida ingliz-irland olimi J. A. Grirson lisoniy nuqtai nazardan ishlab chiqqan. Unga koʻra, Hind tillari „tashqi“, „ichki“ va oraliqtillarga farqlanadi. Hind tilshunoslari koʻpincha hind olimi S. K. Chatterjiy tasnifiga rioya qiladilar. Ushbu tasnifda Hind tillari, J. A. Grirson tasnifidan mohiyagan farq qilmagan holda, shim., gʻarbiy, markaziy, sharqiy, janubiy guruhchalarga boʻlinadi. Hindistondan tashqarida boʻlgan loʻli, pariya (Tojikisgonlagi lahja), singal, maldiv va boshqa tillarga mahalliy tillarning birmuncha taʼsiri seziladi.
Hind tillari leksikasida 3 qatlam: sanskritcha soʻzlar; sanskritcha boʻlmagan, mahalliy soʻzlar va arab, fors, ingliz va boshqa tillardan oʻzlashgan soʻzlar qatlami farqlanadi.
Hind tillari tarixan brahmi asosida shakllangan koʻplab alifbolardan (mas, devanagari, gurmukhi va boshqalar) foylalanadi (qarang Hind yochuvi). Hindistonning shimoliy va shim.-gʻarbidagi ayrim tillar (urdu, siidhi) ularga moslashtirilgan arab-fors grafikasidan foydalanadi. Hindiy, urdu, bengal, marathiy, panjobi, singal kabi Hind tillarida boy adabiyot yaratilgan. Hind tillarini oʻrganishda koʻplab rus va yevropa olimlari qatori O. N. Shomatov, T. X. Xolmirzayev, A.Ibrohimov va boshqa oʻzbek olimlari ham samarali tadqiqotlar olib bormoqdalar. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti mazkur tillarni oʻrganuvchi asosiy markazlardan biriga aylangani.
Adabiyot
- Zograf G. A., Yaziki Indii. pakistana, Seylona i Nepala, M.. 1960; Chatterdji S. K., Vvedenis vipdoarinskoye yazikoznaniye, per. s angl., M., 1977; Zograf G. A., Yazmki Yujnoy Azii, M., 1990; shomatov O. N., Janubiy Osiyo tillariga kirish, 1—3-qismlar, T., 2002—04.
Ozod Shomatov.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |