Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Polimetall rudalar (poli… va metall) — qoʻrgʻoshin, pyx, mis va ku-mush sulfidlaridan iborat kompleks rudalar. Qaysi metallning kupozligiga qarab qurgʻoshin-rux

Polimetall rudalar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Polimetall rudalar (poli… va metall) — qoʻrgʻoshin, pyx, mis va ku-mush sulfidlaridan iborat kompleks rudalar. Qaysi metallning kupozligiga qarab qurgʻoshin-ruxli, kumushqoʻrgʻoshinli rudalar deb ataladi. Polimetall rudalar endogen sharoitda gidrotermal eritmalarning kristallanishidan hosil boʻladi. Polimetall rudalar slanets, gneys, ohaktosh, tuf-slanets, granitoidlar orasida joylashib, turli kattalikdagi qatlamlar, tomirlar, shtok, rudali ustunlar va boshqa shakllarda boʻladi. Polimetall rudalar tarkibiga pirit, sfalerit, xalkopirit, galenit, baʼzan kumush, vismut va boshqalarning sulfidlari kiradi. Atmosferadagi havo va namlikning taʼsirida baʼzan birlamchi (sulfid) Polimetall rudalar ikkilamchi (oksidlangan) Polimetall rudalarga oʻtishi mumkin. Bunday rudalarga serussit, anglezit, piromorfit, smitsonit, kalamin va boshqa minerallar kiradi. Oʻzbekistonda Polimetall rudalar konlari Chatqol, Qrramozor, Qurama togʻlarida, mamlakatning gʻarbiy va janubiy qismida (Xondiza polimetall ruda koni) joylashgan. Shuningdek, RF (Ural, Oltoy), Qirgʻiziston, AQSH, Kanada, Avstraliya, Peru, Yaponiya, GFR, Ispaniyada Polimetall rudalar konlari bor. Polimetall rudalar qoʻrgʻoshin, rux, mis, kumush va boshqa metallar olish uchun asosiy manba hisoblanadi.

Yuqori