| tuman | |
|---|---|
| Tegishli | Andijon viloyati |
| Tarkibida | 7 ta qishloq soveti |
| Maʼmuriy markazi | Chinobod |
| Asos solingan sanasi | 1943-yil 13-fevral |
| Bekor qilingan sanasi | 1962-yil 24-dekabr |
| Aholi | 30 413 kishi (1959) |
| Maydoni | 310 km² |
| Xaritada | |
Chinobod tumani — Oʻzbekiston SSR Andijon viloyatidagi maʼmuriy birlik, 1943—1962-yillarda mavjud boʻlgan.
Tarixi
Chinobod tumani 1943-yil 13-fevralda Andijon viloyati tarkibida tashkil etilgan. Markazi Chinobod qishlogʻi. 1948-yil 1-oktyabr holatiga koʻra, tuman tarkibida 7 ta qishloq soveti boʻlgan: Oxunboboyev, Eltiqashqa, Qoʻshtepasaroy, Siza, Xoʻjaobod, Chinobod va Eskihaqqulobod. 1962-yil 24-dekabrda Chinobod tumani tugatiladi.
Aholisi
1959-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotiga koʻra, tumanda 30 413 kishi yashagan.
Turkumlar::
- Oʻzbekistonning tugatilgan tumanlari
- Andijon tumanlari