Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Johann Heinrich Pestalozzi (1746-yil, 1-dekabr, Syurix – 1827.17.2, Brugg) – shveysariyalik pedagog, boshlangʻich taʼlim nazariyasi asoschisi. Karolinum kollegi

Johann Pestalozzi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Johann Pestalozzi

Portret muallifi Fransisko Xaver Ramos,
Tavalludi 12-yanvar 1746
Syurix, Shveysariya
Vafoti 17-fevral 1827
Brugg, Shveysariya
Fuqaroligi Shveysariya
Kasbi Shveysariyalik pedagog va ta'lim islohotchisi
Faoliyat yillari Shveysariyalik pedagog va ta'lim islohotchisi (1746–1827)
Otasi Johann Baptist Pestalozzi
Onasi Susanna Hotz

Johann Heinrich Pestalozzi (1746-yil, 1-dekabr, Syurix – 1827.17.2, Brugg) – shveysariyalik pedagog, boshlangʻich taʼlim nazariyasi asoschisi. Karolinum kollegiumining ikki kursini tugatgan. Neyxofda „Kambagʻallar uchun muassasa“, Stans shahrida yetimxona, Burgdorf va Iverdonda institutlar ochgan va ularga rahbarlik qilgan. Pestalozzi fikricha, tarbiyaning maqsadi insonlarning barcha tabiiy kuchlari va qobiliyatlarini har tomonlama va uygʻun oʻstirishdan iborat. Uning elementar maʼlumot nazariyasiga koʻra, tarbiyalash oddiy elementlardan boshlanib, asta-sekin murakkabroq darajaga koʻtarilib borishi kerak. Pestalozzi bolalarga ilk bor hisob, oʻlchash va nutqni oʻrgatish metodikasini ishlab chiqdi, boshlangʻich taʼlimga geom., geografiya, rasm solish, ashula, gimnastikadan oddiy maʼlumotlarni kiritib, uning mazmunini kengaytirdi. Asosiy asarlari: „Lingard va Gertruda“ (1781—87), „Oqqush qoʻshigʻi“ (1826), „Gertruda oʻz bolalarini qanday qilib oʻqitadi“ (1801).

Yuqori