| Hasson Diyob | |
|---|---|
| Mansab davri 21-yanvar 2020-yildan | |
| Prezident | Mishel Avn |
| Oʻtmishdoshi | Saʼd Haririy |
| Mansab davri 13-iyun 2011-yildan – 15-fevral 2014-yilgacha | |
| Oʻtmishdoshi | Hasan Munayma |
| Vorisi | Ilyos Bu Saʼb |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1959-yil 6-yanvar Bayrut, Livan |
| Turmush oʻrtogʻi | Nuvvor Mavlaviy |
| Bolalari | 3 |
| Dini | Islom (sunniylik) |
| Maʼlumoti | Leeds shahar universiteti Surrey universiteti Bat Universiteti |
Hasson Diyob (arabcha: حسّان دياب; 1959-yil 6-yanvarda tugʻilgan, Bayrut, Livan) — Livan universiteti professori va siyosatshunosi. 2020-yil 21 yanvardan beri Livan Bosh vaziri, sobiq taʼlim vaziri (2011-2014).
Tarjimai holi
1959-yil 6-yanvarda Bayrutda tugʻilgan. U Leeds shahar universiteti va Surrey universitetida tahsil olgan, 1985-yilda Bath universitetidan kompyuter muhandisligi fanlari doktori ilmiy darajasini olgan.
1985-yildan beri u Baytrutdagi Amerika universitetida kompyuter muhandisligi boʻyicha dars bergan, 2006-yilda ushbu universitetning vitse-prezidenti etib tayinlangan va mintaqaviy tashqi aloqalar dasturlari uchun javobgar boʻlgan. 2011-yildan 2014-yilgacha Najib Miqotiy hukumatida Taʼlim vaziri boʻlib ishlagan.
- 6-yanvarda tugʻilganlar
- 1959-yilda tugʻilganlar
- Bayrutda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar

