Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Javohir Jamshidovich Zokirov (1972-yil 9-noyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbekistonlik taniqli aktyor, rejissyor va xonanda. Zokirovlar sulolasi vak

Javohir Zokirov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Javohir Zokirov

Javohir Zokirov (2018-yil)
Tavalludi
Javohir Jamshidovich Zokirov

1972-yil 9-noyabr (1972-11-09) (53 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi aktyor, rejissyor, musiqachi
Janr drama, melodrama, komediya
Faoliyat yillari 1986—hozirgacha
Otasi Jamshid Zokirov
Onasi Gavhar Zokirova
Turmush oʻrtogʻi Shahrizod Gʻulomova
Bolalari 3 nafar
Qarindoshlari bobosi — Karim Zokirov
buvisi — Shoista Saidova
amakilari — Farrux Zokirov, Botir Zokirov

Javohir Jamshidovich Zokirov (1972-yil 9-noyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbekistonlik taniqli aktyor, rejissyor va xonanda. Zokirovlar sulolasi vakili. Mashhur oʻzbek pop-rok guruhi „Bolalar“ning asoschilaridan biri. 2022-yilgi izlanishlarga koʻra, Oʻzbekistondagi eng qimmat gonorar oluvchi aktyor (kuniga 500 AQSh dollari). Ilk professional rolini „Tsarapina“ filmida ijro etgan. „Sotqin“, „Baron“, „Avloniy“ kabi filmlar, „Mendirman Jaloliddin“ serialidagi rollari bilan omma orasida shuhrat qozongan.

Yoshligi

Javohir Zokirov 1972-yilning 9-noyabr sanasida Toshkent shahrida, Zokirovlar sulolasi aʼzolari — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Jamshid Zokirov va Oʻzbekiston xalq artisti Gavhar Zokirovalar xonadonida tugʻilgan. Oilada toʻngʻich farzand. Bezori bola boʻlgani uchun maktabdan haydalgan. Bolalar guruhi asoschilardan hisoblangan Bahodir Po‘latov va Tohir Sodiqov bilan doʻst boʻlgan. Keyinchalik, uchalasi birgalikda guruhga asos solishadi.

Taʼlimi

Boshlangʻich taʼlimni Olmazor tumanida joylashgan 46-maktabda, soʻngra bolalik uyi yaqinida joylashgan maktabda oʻqigan. 1990—1994-yillarda Moskva davlat kinematografiya institutida tahsil olgan.

Faoliyati

Ilk davrlar

BBC nashri bilan intervyuda 1980-yilda suratga olingan Zavtra viydyosh? (oʻzbekcha: Ertaga koʻchaga chiqasanmi?) filmida ilk marotaba koʻrinish berganini taʼkidlagan. Ilk professional rolini „Tsarapina“ filmida ijro etgan. Bolalar guruhining 1989-yili yozilgan eng birinchi — guruhning „Esingdami seni?“ nomli eng mashhur musiqalaridan biri joy olgan — albomi chiqarilgandan soʻng, Javohir Zokirov guruhni tark etib, Rossiyaga oʻqishga joʻnab ketadi.

Keyingi yillar

Aktyor 1996-yildan beri muntazam ravishda katta ekranlarda koʻrinish berib kelmoqda. Keyinchalik, „Katta urushdagi kichik odam“ (1989-yil; Shuhrat Abbosov filmi), „To‘ylar muborak 2“, „Bo Ba Bu“ (1998-yil; Ali Hamroyev filmi), „Voiz“ (1998-yil; Yusuf Roziqov filmi), „Tohir va Zuhra“, „Buyuk Amir Temur“ (1996-yil), „Ko‘rgulik“ va yana bir qator filmlarda bir necha rollar ijro etgan. Qozog‘iston kinoijodkorlari bilan hamkorlikda ishlagan. TV Markaz xususiy kanali uchun avtorlik dasturlari tayyorlash bilan shugʻullangan. BBCning „Sog‘lig‘ingiz o‘z qo‘lingizda“ loyihasi uchun musiqalar yozgan.

Shaxsiy hayoti

Taniqli oʻzbek adibi Gʻofur Gʻulomning avlodi Shahrizod Gʻulom (Gʻulomova) bilan turmush qurgan. Uch nafar — ikki oʻgʻil va bir qiz farzandi bor. Zokirov Jahongir Otajonovning musiqalarini sevib tinglaydi.

Qarindoshlari

  • Bobosi — Karim Zokirov, sovet qoʻshiqchisi, Zokirovlar sulolasining asoschisi;
  • Buvisi — Shoista Saidova (1920—2000), xonanda, xalq qoʻshiqlari ijrochisi.
  • Otasi — Jamshid Zokirov (1948—2012), sovet va oʻzbek teatr va kino aktyori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist.
  • Onasi — Oʻzbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova;
  • Amakisi — O‘zbekiston SSR xalq artisti Botir Zokirov;
  • Amakisi — Yalla vokal-instrumental ansambli rahbari Farrux Zokirov;
  • Singlisi — sanʼatshunos Ohista Zokirova
  • Qarindosh opasi — Nargiz Zokirova.

Filmografiyasi

Film va seriallardagi rollari.
SanaNomRolManba
1986-yilTsarapinaRustam
1989-yilKatta urushdagi kichik odamSafoning doʻsti
1996-yilBuyuk Amir Temurkichik rol
1998-yilBo Ba BuBu (bosh rol)
1999-yilVoizbolshevik (bosh rol)
2004-yilChudnaya dolinaloʻli
2005-yilChastniy detektivRinat Galiulin
2006-yilHaqiqiy erkaklar oviMarat (narkokuryer)
2006-yilXoʻja Nasriddin: Oʻyin boshlandikichik rol
2007-yilZabarjadZafarbek
2007-yilPanohkichik rol
2009-yilSled Salamandrikichik rol
2011-yilSem mayskix dneyXasan (banda boshligʻi; bosh rol)
2012—2014A u nas vo dvore...Anvar
2015-yilSotqinSarvar Bahromovning akasi
2015-yilPobeg iz MoskavabadaXasan
2016-yilBaronkichik rol
2017-yilNaziraXamdam
2018-yilMehmonxona 2Jamshid
2018-yilZolotaya OrdaAzar
2020-yilKartonnaya pristantojik
2021-yilMendirman JaloliddinChingizxon
2022-yilIgra na vijivaniye 2Yusuf
2023-yilSpasti yedinstvennogo sinaAliyev
2023-yil Hukmdor Usmon Görklü Han

Diskografiyasi

Ijro etgan ashulalari roʻyxati
SanaQoʻshiq nomiManba
03.06.2015Chyornaya toska
03.06.2015Devushka-kuvshin
03.06.2015Dog
03.06.2015Donoman
03.06.2015Dvorik
03.06.2015Ekolot
03.06.2015Erkalab sev
03.06.2015Gde ti
03.06.2015Habiba
03.06.2015Kel
03.06.2015Kerak emas
03.06.2015Luna
03.06.2015Lunolikaya
03.06.2015Mustafa
03.06.2015Oy nurlari
03.06.2015Stariy dvorik
03.06.2015Tigr
07.04.2016Yil
07.04.2016Raʼno
03.05.2016Zarb
03.05.2016Dilbarim
Yuqori